Universiteti sportni boshqarish fakulteti milliy va harakatli o



Yüklə 135 Kb.
səhifə4/18
tarix01.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#170290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
o’yin namunalari

O'yinning tavsifi. O'qituvchi signal berishi bilan ikkala komanda o'yinchilari yugurib kelib, arqon tugunlarini yechadilar va uni o'z tomonlariga tortadilar. Belgilangan vaqt — 45 sekund—1 daqiqa mobaynida arqonning ko'proq qismini o'z chizig'idan o'tkazgan komanda g'olib hisoblanadi.
O'yin qoidalari. 1. Faqat signal berilgandan keyingina chiziq-dan o'tib, arqon tomonga yugurish mumkin. 2. Har bir komanda arqonni talashayotgan vaqtda uning rangli lattagacha bo'lgan bir qismidan, ya'ni arqonning yarmidan ushlashi mumkin. 3. Arqon faqat qo'l bilan tortiladi. 4. Oyoqni tirash uchun yerni yumshatish, chuqurchalar o'yish, qo'llar bilan yerga tayanish, arqonni oyoqlar orasiga qistirish, yerga o'tirish yoki yotish mumkin emas. Ushbu qoidalarni buzib, arqonni o'z tomoniga tortib o'tkazgan koman-daning yutug'i hisobga olinmaydi.
«Nina, ip va tuguncha»
O'yinga tayyorgarlik. O'yinchilar qo'l ushlashib, aylana hosil qilib turadilar. Uchta o'yinchi aylanadan tashqarida kema-ket turadi. Ulardan birinchisi «ninacha», ikkinchisi «ip» va uchinchisi «tuguncha» bo'ladi.
O'yinning tavsifi. Nina har tomonda yugurib yuradi. Ip bilan tuguncha ham uning ketigan ergashib yurishadi. Agar ip chigallashib (boshqa tomonga ketib) qolsa yoki uni tuguncha ushlasa, o'yin qaytadan boshlanadi va yangi nina, ip hamda tuguncha tayinlanadi.
O'yin qoidalari. O'yinchilar qo'llarini ko'tarib, nina, ip va tugunchaga yo'l ochib turishlari lozim.
Chavandoz
O'yinga tayyorgarlik. Har bir sinfdan 10-12 o'yinchidan guruhlar tuziladi. Guruhlar uchun 7-9 m kattalikda to'rtbur-chaklar chiziladi. Imkoniyat bo'lsa, voleybol maydorichasidan foydalanish mumkin. Har bir guruh o'z navbavtida ikkitadan jamoaga bo'linadi. Ular o'zlariga nom qo'yishadi, faraz qilaylik, «Lochin» va «Zafar» komandalari. «Lochin» komandasi o'yinchilari to'rtburchakning o'ng yoki chap tomonida chiziq tashqarisida.
to'rtburchak ichkarisiga qaragan holda yonma-yon saflanadilar. Qur'a tashlash usuli bilan «Zafar» komandasi o'yinchilari to'rt­burchak ichiga tushadilar. Ularning vazifasi to'rtburchak ichida erkin harakat qilib yurishdan iborat.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin