Universiteti sportni boshqarish fakulteti milliy va harakatli o


«Chertki» O'yinga tayyorgarlik



Yüklə 135 Kb.
səhifə7/18
tarix01.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#170290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
o’yin namunalari

«Chertki»
O'yinga tayyorgarlik. O'yin bolalarda sezgirlik, diqqat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. O'yinchilar qur'a tashlab ikki koman-daga bo'linadilar. Komandalar bir-birlaridan 8—10 m masofa uzoqlikda qarama-qarshi yuzlangan holda turadilar. Har bir koman daning o'yinboshisi o'z komandasidagi o'yinnchilarni qushlar, hayvonJar, o'simliklar va mevalar nomi bilan ataydi. Qora rangdagi ro'molcha tayyorlab qo'yiladi.
O’yin tavsifi. O'yin boshlash huquqini olgan o'yinboshi raqib o'yinchilardan binning boshini yoki qo'lini ro'mol bilan bog'laydi va o'z o'yinchilaridan birini yangi nom bilan chaqiradi. U bilmtir-masdan kelib ro'molni bir necha marta chertadi va o'z joyga borib turadi. O'yinboshi bog'langan ro'molni yechib oladi, raqib o'yinchi chertgan o'yinchini qidira boshlaydi. Agar chertgan o'yinchini topsa, o'z komandasiga olib qaytadi, topolmasa shu komandada qoladi. O'yin komandada 1—2 ta o'yinchi qolguncha davom etadi. So'ngra o'yinboshilar o'rin almashadilar.
«Qidirib top»
O'yinga tayyorgarlik. O'yin sport mydonchasida, dam olish bog'larida o'tkaziladi. O'yinda to'rtta o'quvchi o'yinboshi qilib saylanadi.
O'yinning tavsifi. O'qituvchi signal bergandan so'ng to'rtta o'quvchi-o'yinboshi bolalarga orqasini o'girib ko'zlarini yumib turgan holda quyidagi so'zni aytadilar:
«Urib qochdi»
O'yinga tayyorgarlik. O'yin yoshlarni chaqqonlikka, tezkorlik-ka, oyoq va qo'Uarni birday ishlatishga o'rgatadi. O'yin uchun bir dona ko'rpacha va 10 m lik arqon kerak bo'ladi. Bolalar komanda-larga bo'linadilar. O'yinchilarning hammasida ro'moldan qilingan durra bo'lishi lozim.
O'yinning tavsifi. Bir kishi maysa yoki chimzor ichiga yotadi. Uning ustiga ko'rpa yopilib, qo'liga 10 m lik arqon ushlatib qo'yi-ladi. Arqonning bir uchi qo'riqchining qo'lida bo'ladi. Qo'riqchida (ham hakam yoki o'yinboshi vazifasini bajaradi) ham durra bo'ladi. Komandalar navbat bilan yotgan o'yinchini durra bilan urishga yoki oyoq bilan tepishga harakat qiladilar. Qo'riqlovchi ularni yaqinlashtirmaslikka harakat qiladi, durra bilan uradi yoki oyog'i bilan tepadi. U kimni durra bilan ursa yoki oyog'i bilan tepsa, shu o'yinchi ko'rpa ostiga yotqiziladi. Shuning uchun o'yinchilar yotgan o'yinchini urib qochishlari, tutqich bermasliklari va belgi langan chegaradan chiqib ketishlari kerak. Komanda a'zolaridan bin qo'lga tushsa, komandalar o'rin almashadilar.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin