Universiteti sportni boshqarish fakulteti milliy va harakatli o



Yüklə 135 Kb.
səhifə5/18
tarix01.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#170290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
o’yin namunalari

O'yinning tavsifi. O'qituvchining ishorasi bilan «Lochin» komandasining o'yinchisi bir oyog'ini tizzadan, chap qo'lini esa tirsakdan bukib orqaga qilib, bir oyoqlab to'rtburchak ichiga kiradi. Uning vazifasi bir oyoqda sakrab yurib, qo'li bilan «Zafar» komandasi o'yinchilarini ushlashdir, ya'ni kafti-panjasi bilan begona o'yinchining biror joyiga tegsa bas. Ushlangan «Zafar» komandasi o'yinchisi to'rtburchakdan chiqib belgilangan joyga borib turadi. «Ix)chin» komandasi o'yinchisinijng navbatdagi o'yin-chini ushlashi 15-20 sekundgacha davom yetishi mumkin. Buning uchun « Lochin» komandasining qolgan o'yinchilari jo'r bo'lib 1 dan 20 gacha ovoz chiqarib sanaydilar. Shu vaqt ichida «Zafar» komandasining nechta o'yinchisi ushlanganligi hisoblanib chiqiladi. Keyingi safar komandalar o'zaro o'rin almashadilar.
«lzvoshchilar»
O'yinga tayyorgarlik. Bu o'yin maydonchada yoki zalda o't-kaziladi. O'yin bo'ladigan joy chiziqlar yoki qandaydir buyumlar bilan chegaralab qo'yiladi. O'yinchilar to'rt kishidan bo'lib guruhlarga bo'linadilar. Har bir guruhda bir «Lzvoshchi» bo'ladi. Qolganlar o'yinchilar — «ot»lar maydonchaning bir tomoniga, ya'ni «otxona»ga to'planadilar. Izvoshchilar boshqa tomonda turadilar.
O'yinning tavsifi. O'qituvchi izvoshchilarni otxonaga yuboradi. Ular otlami uchta-uchtadan izvosh aravaga «qo'shadilar» va ketma-ket bo'lib aylana bo'ylab turadilar. O'qituvchi «Otlar, marsh!» deb komanda bergandan keyin hamma uch otli izvoshchilar bir maromda yurib aylana boshlaydilar. «Izvoshlar, tarqal!» degan komanda berilishi bilan uchJik otlar bar tomonga, izvoshchilar esa maydonchada oldindan belgilab qo'yilgan joyga yuguradilar. «Izvoshchilar, otlar qo'shilsin!» degan komanda berilgandan keyin izvoshchilar o'z otlarini ushlash va otxonaga olib kelish uchun harakat qiladilar. O'z otlarini eng oldin ushlagan izvoshchilar chaqqon izvoshchi hisoblanadi. Eng oxirida qo'lga tushgan otlar eng yaxshi otlar qatoriga kiradi.
«Juftmi-toq»
O'yinga tayyorgarlik. O'yin 2-sinf o'quvchilariga mo'ljallan-gan bo'lib, bolalarda chamalash, mo'ljalga olish, topqirlik va dadillik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Qur'a tashlash yo'li bilan o'yinchilar ikki guruhga ajratiladilar, ular o'zlari bilan istagancha danak, yong'oq, pista olishlari rnumkin.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin