Universiteti sportni boshqarish fakulteti milliy va harakatli o


«Darra» O'yinga tayyorgarlik



Yüklə 135 Kb.
səhifə10/18
tarix01.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#170290
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
o’yin namunalari

«Darra»
O'yinga tayyorgarlik. O'yin bolalarda hushyorlik va tezkorlikni tarbiyalaydi. Diametri 15—20 metrli doira chiziladi. Uning ichida diametri 2—3 m bo'lgan yana bitta doira chiziladi. Qur'a tashlab o'yinboshi aniqlanadi. Doiraning o'rtasiga o'yinboshi joylashadi. Uning qo'lida arqon (ip yoki ro'mol) bo'ladi. O'yinchilar katta doira bo'ylab joylashadilar.
O'yinning tavsifi. O'yinboshi doiraning o'rtasida tizzasiga boshini qo'yib uxlaydi. Bitta yoki bir nechta o'yinchi uni turtib uyqudan uyg'otadi. U tezda joyidan turib darra bilan o'yinchilarni foog'lashi kerak. O'yinchilar o'yinboshiga o'zlarini bog'latishga yo'l qo'ymasdan katta doiradan chiqib ketishlari lozim. Agar o'yinboshi o'yinchini bog'lasa, uni kichik doiraga o'tqazib qo'yadi. Endi o'yinchilar bog'langan o'yinchini qutqarishga harakat qiladilar. O'yinboshi esa uni qo'riqlaydi, o'yinboshi yana bironta o'yinchini bog'lasa, uni ham birinchi bog'langanning yoniga o'tqazadi. O'yin bitta ham bog'lanmagan o'yinchi qolmaguncha davom etadi,
«Chavandoz» (yoki «Kichik uloq»)
O'yinga tayyorgarlik. O'yinning bu turi ko'kalamzor maydon-da yoki sport zalida o'tkaziladi. O'yinda faqat o'g'il bolalar ishtirok etishlari mumkin. Ular kamida to'rt kishidan tashkil topgan ikki komandaga bo'linadi. Maydonning bir chetiga 1,5m doira chiziladi. Bu doira marra deb atalib, «uloqni» tashlash uchun belgilanadi. O'yin uchun qo'y yoki echki terisidan bo'yiga 40 sm, eniga 15— 20 sm bo'lgan bolishcha — «uloq» tikiladi. Ten topilmaganda matodan yoki eski ko'rpachadan yasasa ham bo'ladi.
O'yinning tavsifi. O'yinni boshlashdan oldin jamoalar maydon chetida saflanib turadilar, hakam yoki o'qituvchining hushtagi chalinishi bilan «uloq» maydon o'rtasiga tashlanadi. O'yinchilar kelishib, bir-birlarini orqalariga opichib olishadi va maydonga qarab «uloq»ni olish uchun yuguradilar. Haqiqiy kurash-tortishuv maydondabo'lib, qaysi bir «chavandoz» birinchi bo'lib «uloq»r marraga, ya'ni doirachaga olib kelib tashlasa o'sha j'amoa g'olf deb hisoblanadi. O'yin shu tariqa davom etadi. O'yin tugallar dan so'ng o'yinchilar ichida ildam, chaqqon va kuchli «chavar doz»lar aniqlanib, g'oliblar rag'batlantiruvchi mukofotlar bila} taqdirlanishi lozim.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin