«Chaqqonlar va merganlar» O'yinga tayyorgarlik. O'yin voleybol yoki basketbol maydon-chasida o'tkaziladi. O'yinchilar teng ikki komandaga bo'linib, bir-birlariga 16 metr uzoqlikda yuzma-yuz qarab turadilar. Ularning o'rtasiga 2 m diametrli doira chiziladi. Har bir komandadan bittadan eng chaqqon o'yinchi tanlanib, doira markaziga turadilar. Komandalarda bittadan to'p bo'ladi.
O'yin tavsifi.O'qituvchining signalidan so'ng ikkala koman-daning o'yinchilari doira o'rtasida turgan o'yinchilarni to'p bilan Lira boshlaydilar, doira ichidagi O'yinchilar to'pga chap berib, o'zlariga tekkizmaslikka harakat qiladilar. To'p tekkan o'yinchi urgan o'yinchi bilan o'rin almashadi va o'yin shu tariqa davom etadi. Merganlar 1 ball bilan taqdirlanadi. Ko'proq ochko to'plagan komanda g'olib hisoblanadi.
«Aniq nishonga tushirish» O'yinga tayyorgarUk. O'yinchilar teng qilib, 2—3 komandaga bo'linadilar. Komanda qatnashchilari avtomobil pokrishkalaridan yig'ilgan minora oldida 3—4 m masofa narida belgilab qo'yilgan joyda qator bolib turadilar.
O'yin tavsifi. O'yinchilarning yoshi vajismoniy tayyorgarligini hisobga olib, avtomobil pokrishkalari bilan ular orasidagi masofa 2—5 m gacha bo'lishi mumkin. Har bir o'yinchining qo'lida bittadan kichik to'p bo'ladi (voleybol to'pi yoki qum to'ldirilgan xaltacha).
«Quyonlar polizda» O'yinga tayyorgarlik. Polda yoki yerda avtomobil pokrishka-laridan doira — «poliz» hosil qilinadi. Doiraning diametri 4—5 m bo'ladi. Hamma o'yinchilar — «quyonlar» doiraning tashqarisida turadilar, o'yinboshi — «qorovul» esa doiraning ichida turadi.
O'yinning tavsifi.O'qituvchining signalidan keyin quyonlar pokrishkalar ustidan sakrab-sakrab polizga tushadilar va orqaga qaytib chiqadilar. Qorovul doira ichida turib, iloji boricha ko'proq quyonni ushlashga harakat qiladi. Bir necha daqiqadan keyin o'yin to'xtatiladi, qo'lga tushganlarga «Qo'llaringizni yuqoriga ko'taring-lar!» deb buyruq beriladi. O'qituvchi ularni sanab chiqadi va faol qatnashgan o'yinchilardan yangi o'yinboshi tayinlaydi. O'yin shu tariqa qaytadan davom etadi.