Chiqish kuchlanishi formasi sinusoidaldan farqli bo‘lgan qurilmalar keng qo‘llaniladi. Bunday tebranishlar relaksitsion deb atalib, generatorning boshqa turidir. Multivibrator (lotinchadagi so‘z multim — ko‘p va vibro — tebrataman) — relaksatsion im- puls generatori deyarli to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda bo‘lib, musbat teskari aloqali kuchaytirgich ko‘rinishidagi qurilmadir.
Multivibratorlar ikki turga bo‘linadilar: avtotebranishli (turg‘un holatga ega bo‘lmaydi) va kutuvchi (bir turg‘un holatli shuning uchun bir vibrator deb ataladi).
Multivibratorni ishlashi kondensatorda «C» energiya yig‘ilib R qarshilikda razryadlanishiga asoslangan. Ushbu ulab-uzish tran- zistorli kalitda amalga oshiriladi.
Multivibratorlarni bipolyar tranzistorlarda, operatsion kuchay- tirgichlarda amalga oshiriladi.
Multivibrator ikki kaskadli musbat teskari aloqali kuchaytir- gichdan iborat. RC kuchaytirgichdan iborat. Buning uchun ikki kaskadli UE li ulangan sxema (5.1-rasm) yoki ikkita invertirlovchi o‘zgarmas tokli operatsion kuchaytirgich ishlatiladi.
Multivibratorni uyg‘otish uchun ikki shart bajarilishi kerak – fazasi va amplitudasi balansda bo‘lishi.
Faza balansi,
Amplituda balansi
φOC+φy=0°,
kβ≥1.
Teskari aloqa omili, β=1i , φOC=0°bo‘lganligi uchun.
Kuchaytirgichni faza siljishi φy=0°bo‘lib, UE sxemali ikki kaskad bilan amalga oshiriladi.
Bipolyar tranzistorli multivibratorlar odatda kollektor-baza aloqali simmetrik sxemadan tuziladi (5.2-rasmga qarang), sxe-
ma simmetrikligi joylashgan elementlarining bir xilligini bildira- di: Rk1=Rk2, Rb1=Rb2, C1=C2rezistorlar va kondensatorlar; tran- zistorlar parametrlari bir xil.