O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar



Aziz o’quvchim! Bu kitobchani qariyb qirq yil yozdim. Bular mening 
Kuzatuvlarim. O’ylarim… bir qadar armonli, bir qadar istehzoli, bir qadar 
tabassumli. Xulosalarim... aslida, ularning har birini alohida asar qilsa ham 
bo’lardi-ku... mayli... Men bularni uzoq o’ylab yozganman. Iltimos, Siz ham 
kitobni shoshilmasdan, o’ylab o’qisangiz... 
O’tkir Hoshimov 


DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR 
O’YLAR
Tabiat. Jamiyat. Inson. 
“Tabiat gultoji” 
Kiyik och qolmaslik uchun ko’kat yeydi. Amma bir-birini o’ldirmaydi. Sher och qolmaslik 
uchun kiyikni yeydi. Ammo bir-birini o’ldirmaydi. Odam ko’katni ham yeydi. Kiyikni ham 
yeydi. Ko’ngil hushi uchun sherni ham o’ldiradi… Keyin.. urush qilib, bir-birining boshini 
yeydi… 
Darvinga e’tiroz 
Darvin ta’limoti noto’g’ri. Odam maymundan emas, maymun odamdan tarqagan. Oyog’i yerdan 
uzilmaganlar odam bo’lib qolgan. Oyog’I yerdan uzilganlar esa maymun bo’lib daraxtga chiqib 
ketgan… Bu jarayon hamon davom etmoqda… 
Eng aqlli jonivor 
Dunyoda eng aqlli jonivor-baliq! Birinchidan, soqov. Ikkinchidan, muttasil dumini likillatadi! 
 
Haqiqat 
Shu qadar shirinki, totib ko’rging keladi. Shu qadar achchiqki, tilingni kuydiradi! 
 
Qaldirg’och 
E’tibor berganmisiz: qaldirg’ochlar fayzsiz, noahil xonadonga hech qachon in qurmaydi. Goho 
qaldirg’och odamdan aqlliroqmikin, deb o’ylab qolaman. 
Atlantika okeani ustida 
Tepada bir ummon, pastda bir ummon
Ikki dengiz aro kechar lahzalar.
Xayolga tolaman: men o’zi kimman?
Ojiz va notavon zarra… alhazar! 
Oshkoralik 
Oshkoralik shunday daraxtki, uning mevasini eng avval chinqiroq maymunlar yeydi. 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin