O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

Xavfli odam 
Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko’rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir! 
 
Inson va shayton 
Ba’zilarga hayron qolasiz. Qilg’ilikni qilib qo’yadi-da, “bilmay qoldim, shayton yo’ldanurdi”, 
deydi... To’g’ri, odamzot qonida shayton vasvasasi aylanib yurishi-bor gap. Ammo.. Shunaqangi 
erkaklar borki, qirqta urg’ochi shaytonni bolalatib tashlaydi. Shunaqangi ayollar borki, qirqta 
erkak shaytonni aliment to’laydigan qilib qo’yadi... Hamma aybni shayton sho’rlikka 
to’nkayvermang! 
Ayol qalbi 
Ayol qalbi teskari magnitga o’xshaydi: yaqinlashsang-uzoqlashadi, uzoqlashsang-yaqinlashadi. 
Hushyor bo’ling 
Ayol sizni juda qattiq sevsa, hushyor bo’ling. Otashin muhabbat-rashkka, rashk-shubhaga, 
shubha-xudbinlikka, xudbinlik-dushmanlikka aylanishi mumkin. 
Go’dak isi 


Ayol go’dak isini birinchi farzandi tug’ilganidayoq his etadi. Erkak esa go’dak isi nimaligini 
nevarali bo’lganidan keyin anglaydi!... Biz-erkaklar doim kechikib yuramiz… 
Otalar va bolalar 
U oddiy odam edi. Hammolchilik qilardi. To’rt qiz, uch o’g’ilni oyoqqa turg’azdi. O’g’illarini 
uylantirdi. Qizlarini chiqardi. Hammasini uyli-joyli qildi. Ko’z yumayotganida “hammalaringdan 
mingdan-ming roziman”, dedi... Qarashsa, kafanligi yo’q ekan… 
Gumroh bandalar 
Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki og’iz shirin so’zni tekinga aytmaydi-da, ular 
o’lganidan keyin ming-ming pul sarflab, o’sha so’zlarni qabrtoshga yozdirib qo’yadi... 
Kulgi va yig’i 
Kulishni bilmaydigan odam-baxtsiz odam. Yig’lashni bilmaydigan odam esa ikki hissa baxtsiz! 
Asl aynimas 
Sopol tovog’ing sinsa, dod sol: kesakka aylanadi. Tilla idishing sinsa, parvo qilma: bahosi 
tushmaydi! 
Yuk ko’targan... 
“Yuk ko’targan odam yuzaga chiqadi”, deydilar... Chiqadi. Albatta chiqadi! Faqat yuk 
ko’targanni ko’tarib yuboradigan Qo’l bo’lsa bas! 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin