O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

 
Inson 
Inson shu qadar buyukki, uning fazilatlarini o’lchash- dunyodagi eng baland tog’ning eng baland 
cho’qqisiga emaklab chiqish zahmati bilan teng. Inson shu qadar tubanki, uning illatlarini 
o’lchash- dunyodagieng baland tog’ning eng baland cho’qqisidan emaklab tushish zahmati bilan 
teng. 
 
“Otchopar” da 
“Otchopar” bozorida eski do’stimni uchratib qoldim. Matematik... Olim... Sigaret sotib o’tirgan 
ekan... Meni ko’rib ko’zini yashirdi. Men ham burilib ketdim… Ikkalamiz bir-birimizdan nega 
uyalganimizni bilmayman. Negadir.. yig’lagim keldi… 
 
Farishtalar 
Xonadoningizda keksa odam bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to’yib ketsangiz 
shularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o’ylab, taskin topasiz. Xonadoningizda go’dak 
bormi? Siz ham baxtli ekansiz... dunyo tashvishlaridanto’yib ketsangiz, go’dakni bag’ringizga 
bosing: hayot abadiy ekanini o’ylab, taskin topasiz... 
 
Eng oliy tuyg’u 
Eng toza tuyg’u nima? 
Birinchi maoshingizni keltirib berib, otangizning duosini olganingizmi? 
Birinchi marta sovg’a keltirib berganingizda onangizning ko’zida qalqigan yoshmi? 
Birinchi bo’sami? 
To’y kechasidagi hayajonlarmi? 
Nogahon ko’z yumgan onangizning qabrini silab yig’laganingizmi? 
To’ng’ich farzandingizni ilk bor maktabga yetaklab borganingizmi? 
Hammasi… hammasi pokiza tuyg’ular… Ammo… 
Bola emizib o’tirgan ayolga zimdan razm soling... go’dagiga termulib bola emizayotgan 
onaning ko’zlariga sinchikla-a-a-b tikiling... 
Eng oily tuyg’u nimaligini shunda ko’rasiz! 
 
Rost va yolg’on 
Haqiqatdan qo’rqqan odam yolg’onning panasiga berkinadi. 
Xom sut emgan banda 
Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog’lik. Tinchlik. 
 
Gunohi - azim 
Do’stni ho’rlash-gunoh. Umr yo’ldoshini ho’rlash- yuz hissa gunoh. Ota-onani ho’rlash-ming 
hissa gunoh. Go’dakni ho’rlash- cheksiz gunoh. 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin