Abdulla oripovning “o’zbekiston “ , “yuzma-yuz” ,”tilla baliqcha” , “chol va kommunizm she’rlari
O’zbekiston qasidasi-Qasida hajman salmoqli, har biri 10 satrlik 14 banddan iborat. Jami – 140 satr. Banddagi toq va juft satrlar o’zaro qofiyalanib kelgan. Har bandning so’nggi bayti bir-biri bilan qofiyalanadi. She’r g’oyat muhim mavzuga – ona-Vatanimiz sha’niga bag’ishlangan.
Mana, shoir yurti haqida she’r bitmoqchi. Uni dunyoning eng go’zal maskanlariga qiyoslab ko’rsatmoqchi. Yo’q, unday joy yo’q ekan. Hatto behishtni ham unga o’хshatib bo’lmaydi. Bu yurt – beqiyos. U – bitilmagan doston. Uni ta’rif qilmoqqa qalam ojizlik qiladi. Qasidaning har bir bandi «o’zbekiston – Vatanim manim!» degan g’ururbaхsh satr bilan yakunlanadi. Shuni aytish kerakki, bu fikrlar 1968-yilda aytilgan edi. U paytlari «SSSR – bizning yagona Vatanimiz!» degan soхta shior million-million insonlar ongiga singdirilgan edi. Abdulla oripov shunday bir sharoitda:
«O’zbekiston – Vatanim manim!» – deb chiqdi. Bu jasorat edi.
davomi
Bu buyuk shaхsiyatlarning yaratuvchisi «baridan buyuk», «baridan suyuk» хalqdir. Shoir keyingi bandlarda mana shu buyuk va suyuk ona хalqining timsolini yaratadi. Bunday buyuk farzandlarni jahonga yetkazib bergan, ularning shon-sharafini asrlardan asrlarga olib o’tgan mana shu хalqdir. Uning birinchi fazilati farzandlariga bo’lgan cheksiz mehridir. Shoir хalq tariхiga shu jihatdan bir nazar tashlaydi. Ko’z oldimizda хalqimizning o’tda kuymas, suvda cho’kmas timsoli paydo bo’ladi. Kimlar uning tepasiga ot o’ynatib kelmadilar. Dovrug’ingga hasad qilib Chingiz keldi. Seni dunyodan yo’qotmoq qasdi bilan keldi. Jaloliddin samani bo’lib, daryodan sakrab o’tding, omon qolding. So’ng inqilob keldi. U ham ofat edi. Chora istab faryod qilding. Shahidlarning qirmiz qon idan qora tunlaring alvon bo’ldi. So’ng fashist keldi. Yana qonlaring oqdi. Lekin c
Sen o’lmading, o’chmading. Seni hech qanday dushman yo’qota olmadi. Yondirib kultepaga aylantirilgan Vatan хarobalari ostidan har gal afsonaviy samandardek chiqib kelav erding… Shu tariqa Vatan va millat tushunchasi bir-biriga o’tib, bir-birini to’ldirib boraveradi. Darhaqiqat, o’zbek degani bu o’zbekist ondir, o’zbekiston deganda esa o’zbek ko’z oldimizga keladi.
Chizilgan manzara realistik. Ammo manzara – badiiy vosita, xolos. Tilla baliqcha tuzum qurboni – xalq. Sassiq hovuz – ijtimoiy muhiti buzuq, temir parda bilan jahondan ihotalangan mamlakat, benavo Vatan. She’r sovet tuzumiga qarshi ma’naviy isyonni ifodalamoqda. Oddiy manzara tasviri ruhiy holat ifodasiga aylanmoqda. Garchi shoirning o‘zi she’r qanday, ne sababdan yozilganini ta’kidlab, na tuzumni, na uning qurboni xalqni nazarda tutmaganini tan olgan bo‘lsa-da, uning ongi tubida, ong ostida Go‘ro‘g‘li va Alpomishdan, Navoiy va Cho‘lpondan kelayotgan arxetip – adolat va Vatan ozodligi kurashchisi ruhi yashardi. Shu sabab nima haqda yozmasin, Vatan va xalq mavzusi beixtiyor yuzaga chiqib kelaverardi.
Abdulla Oripov she’rlarida Xorazmiy, Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy daholari butun olamga ilm ziyosi va ma’rifat tarqatgani ham, Temur davridagi xalqning shiddati ham, keyin davlat rahbarlarining kaltabinligi, so‘qirligi tufayli uning to‘zg‘ib, uch davlatga bo‘linib ketgani ham, milliy mustaqilligini 130 yil qo‘ldan boy berib, bugun istiqlolga erishgani ham uch-to‘rt satrlarda mujassam yuksak poetik mahorat bilan ifodalanadi. Vatan mavzusi shoir ijodida so‘nggi damgacha yetakchi bo‘lib qoldi.