I bob. Yog'ingarchilik turlari va ularning hosil bo'lishi



Yüklə 455,72 Kb.
səhifə1/11
tarix16.05.2023
ölçüsü455,72 Kb.
#113904
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yog\'inlar(yomg\'ir,qor, tuman va shuduring


Mavzu: “Yog'inlar(yomg'ir,qor, tuman va shuduring)”
REJA:
KIRISH.

I BOB. Yog'ingarchilik turlari va ularning hosil bo'lishi.

1.1. Yog'ingarchilikning shakllanishi va turlari.


1.2. Yomg'ir va qorning xosil bo’lishi.

II BOB. Atmosfera yog'inlari va ularning kimyoviy tarkibi. Yog'ingarchilik sxemasi va turlari.


2.1.Tuman va shudurungning xosil bo’lishi.
2.2. Atmosfera yog'inlari va ularning kimyoviy tarkibi.

UMUMIY XULOSA.
FOYDALANLGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

KIRISH
O`zbekistonga yog’in-sochinni Atlantika okeani ustida shakllangan nam havo massalari olib keladi. Yog’in-sochin miqdori O`zbekiston hududida joyning qaysi kenglikda joylashganligiga, tog’ tizmalarining qanday joylashganligiga, yonbag’irlari ekspozitsiyasiga, joyning mutlaq balandligiga va boshqa orografik xususiyatlariga bog’liq ravishda notekis taqsimlangan.


Eng kam yog’in 80-100 mm dan kam bo`lib, respublikaning shimoli-g’arbiy tekislik qismida - Qizilqumda, Quyi Amudaryoda hamda Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida kuzatiladi. Janubi-sharqqa tomon yog’in miqdori asta-sekin orta borib, tekisliklarda 100-200 mm ga, tog’ oldilarida esa 200-400 mm ga, tog’larda 800-900 mm ga etadi. O`zbekistonning tog’li hududlari orasida o`rtacha yillik yog’in miqdorining ko`pligiga ko`ra Ugam, Qorjantog’, Piskom va Farg’ona tizmalarining g’arbdan va janubi-g’arbdan kelayotgan nam havo massalariga ro`para yonbag’irlari ajralib turadi. 1137 m mutlaq balandlikda joylashgan Oqtoshda o`rtacha yillik yog’in miqdori 895 mm ga Xumsonda 879 mm ga Chimyonda 787 mm ga teng. Qashqadaryo vodiysining sharqiy qismi, Surxon-Sherobod vodiysida Hisor tog’ tizmasining shimoli-sharqiy qismiga ham yog’in ko`p tushadi.
O`zbekistonda yog’ingarchilik asosan kuz-qish-bahor oylariga to`g’ri keladi. Yozda esa uning miqdori keskin kamayib, yillik yog’in miqdorining respublikamiz janubida 2-3 % ini, shimolida esa 5-10 % ni tashkil etadi. O`zbekistonda eng sernam fasl bahor. Yillik yog’inning 40 % bahorga, 30 % qishga va 15-20 % kuzga to`g’ri keladi. Mart-aprel O`zbekistonda eng sernam oylar hisoblanadi. O`zbekistonning mo`’tadil iqlim mintaqasida joylashgan Ustyurtda yillik yog’in yil fasllari bo`yicha deyarli bir tekis taqsimlangan. Masalan, Churuq meteostanstiyasida qishda yog’inning 17 % i, bahorda 34 % i, yozda 23 % i va kuzda 26 % i yog’adi.
Yilning sovuq davrida O`zbekistonda yog’in-sochin yomg’ir va qor shaklida yog’adi. Qor respublikamizning chekka shimoliy qismida yillik yog’inning 50 % ni, janubida esa 10-15 % ni tashkil etadi. Toqqa ko`tarilgan sari qorning salmog’i ham, qalinligi ham ortib boradi.
Qor qoplami O`zbekistonning shimolida qish oylarining deyarli yarmida saqlanib turadi. Janubga borgan sari qor qoplamli kunlar kamayadi. Respublikamiz janubda esa ayrim sovuq kelgan qishlarni hisobga olmaganda qor qoplami deyarli kuzatilmaydi. Tog’larga ko`tarilgan sari qor qoplamining qalinligi va saqlanish muddati ortib boradi. Tekisliklarda qor qoplamining qalinligi 5-10 sm bo`lib, ayrim hollardagina 20-30 sm dan oshadi. G’arbiy Tyanshanda 1200-2000 m mutlaq balandlikda qorning qalinligi 90-100 sm ni, ba’zi sernam qish oylarida 1,5-2,0 m ni tashkil etadi.


Yüklə 455,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin