I bob. Yog'ingarchilik turlari va ularning hosil bo'lishi



Yüklə 455,72 Kb.
səhifə6/11
tarix16.05.2023
ölçüsü455,72 Kb.
#113904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yog\'inlar(yomg\'ir,qor, tuman va shuduring

Qor — havo temperaturasi 0° dan past boʻlganda bulutlardan muz kristallchalari tarzida yogʻadigan yogʻin. Muz kristallchalari shakli negizini olti burchakli plastinka yoki olti qirrali ustuncha tashkil etadi. Kristallchalarning diametri mm ning bir necha ulushidan bir necha mm gacha yetadi. Havo temperaturasi 0" atrofida boʻlganda Q. uchqunlari bir-biri bilan yopishib, diametri 1 sm keladigan yirik Q. pagʻalarini hosil qiladi. Ayrim Q. donalarining oʻrtacha massasi 0,003 g gacha, yirik Q. pagʻalariniki 0,5 g gacha boʻladi.
Qor muzlagan suvdan boshqa narsa emas. Unda nega u muzga o’xshamaydi?
Hamma gap shundaki, qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug’lik uning behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor donalari shaffof emas, oq bo’lib ko’rinadi.

Qor atmosferadagi suv bug’larining muzlashidan hosil bo’ladi. Dastlab mayda toza va shaffof kristallchalar paydo bo’ladi. Havo oqimlari girdobiga tushib qolgan bunday kristallchalar havoda turli tomonga ko’chib yuradi.
Bunday kristallchalar asta-sekin bir-biriga «yopishadi», shu tariqa yuzlab kristallchalar o’zaro birikadi. Bir-biriga yopishgan muzchalar hajmi kattalashib, ma’lum bir nuqtaga yetgach, yerga tusha boshlaydi. Muzchalarning bunday birikuvi qor donalari deb ataladi.
Ayrim muz kristallchalari ignasimon shaklga ega, boshqalari yassi ko’rinishda, ammo har qanday holatda ham ularning har biri 6 qirralidir. Qizig’i shundaki, qor donalari tuzilishi hamisha bir xil bo’ladi. Shu bilan birgalikda, ikkita aynan bir xil hor donasini topish qiyin. Qor hamisha ham oq rangda bo’lavermasligini hech eshitganmisiz? Dunyoning ko’pgina mintaqalarida qizil, yashil, zangori va hatto qora qor yoqqan vaqtlar ham bo’lgan. Dorning bunday turfa rangda bo’lishi sababi shundaki, qor donalari yerga tushayotganda, havoda mavjud mayda bakteriyalar, zamburug’lar va changni yutadi. Qor o’z donalari orasida ko’plab havo bo’shlig’i bo’lgani uchun ham issiqlikni yomon o’tkazadi. Qor ko’rpasining o’simliklar tomirini sovuq urishidan asrashi sababi ham shunda.

Hamma gap shundaki, qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug’lik uning behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor donalari shaffof emas, oq bo’lib ko’rinadi. Qor atmosferadagi suv bug’larining muzlashidan hosil bo’ladi. Dastlab mayda toza va shaffof kristallchalar paydo bo’ladi. Havo oqimlari girdobiga tushib qolgan bunday kristallchalar havoda turli tomonga ko’chib yuradi. Bunday kristallchalar asta-sekin bir-biriga «yopishadi», shu tariqa yuzlab kristallchalar o’zaro birikadi. Bir-biriga yopishgan muzchalar hajmi kattalashib, ma’lum bir nuqtaga yetgach, yerga tusha boshlaydi.
Muzchalarning bunday birikuvi qor donalari deb ataladi. Ayrim muz kristallchalari ignasimon shaklga ega, boshqalari yassi ko’rinishda, ammo har qanday holatda ham ularning har biri 6 qirralidir. Qizig’i shundaki, qor donalari tuzilishi hamisha bir xil bo’ladi. Shu bilan birgalikda, ikkita aynan bir xil qor donasini topish qiyin. Qor hamisha ham oq rangda bo’lavermasligini hech eshitganmisiz?
Dunyoning ko’pgina mintaqalarida qizil, yashil, zangori va hatto qora qor yoqqan vaqtlar ham bo’lgan. Qorning bunday turfa rangda bo’lishi sababi shundaki, qor donalari yerga tushayotganda, havoda mavjud mayda bakteriyalar, zamburuglar va changni yutadi. Qor o’z donalari orasida ko’plab havo bo’shlig’i bo’lgani uchun ham issiqlikni yomon o’tkazadi. Qor ko’rpasining o’simliklar tomirini sovuq urishidan asrashi sababi ham shunda. Qorning bu xususiyatidan eskimoslar ham ustalik bilan foydalanishadi. Ular qordan o’zlariga boshpana — qurib olishadi.
Nega qor uchqunlari aynan olti qirrali?
Qor uchquni tabiatning eng go’zal ijod namunalaridan biridir. Bunday nafis shaklni yasash o’ta mashaqqatli ish. Qor yoqqanda millionlab bunday uchqunlar yerga tushadi, ammo ular orasidan ikkita bir xil uchqunni topib bo’lmaydi. Siz qor muzlagan suv ekanini yaxshi bilasiz. Agar u muzlagan suv bo’lsa, nega oppoq? Axir, muzlagan suv rangsiz bo’ladi-ku! Qorning oqligi sababi shuki, muz kristallchalaridan iborat yassi uchqun yorug’likni qaytaradi va ko’zimizga oppoq bo’lib ko’rinadi. Suv muzlayotganda kristallar hosil bo’ladi. Negaki, bunda suv molekulalari o’ziga xos tartib bilan tiziladi va biz «kristall» deb ataydigan geometrik shakl hosil qiladi. Suv molekulasi uch zarradan: ikki vodorod atomi va bir kislorod atomidan tarkib topadi. Shuning uchun ham u kristallashayotgayada, uch yoki olti burchakli shakl hosil qiladi. Qorga aylanadigan suv suvning atmosferadagi bug’idir. Suv kristallchalari muzlayotganda ko’zga ko’rinmas darajada kichik bo’ladi. Qor hosil bo’layotganda bu kristallchalarni havo oqimlari goh pastga, goh yuqoriga haydab yuradi. Bunday ko’chishlar jarayonida ular chang zarralari yoki suv tomchilari atrofida birikadi. Bunday kristallar guruhi tobora kattalashib boradi. Shunday qilib, bir yadroning tevaragida bir necha yuzlab shunday kristallar yig’ilishi mumkin. Bu guruh katta va og’ir holga kelgach, yerga inadi. Biz uni «qor uchquni» deb ataymiz. Ayrim qor uchqunlarining diametri 3 sm.gacha yetadi. Uchqunlarning hajmi katta-kichikligi temperaturaga bog’liq.
Qor ko’p yog’sa, jamiyat hayoti maromini buzishi mumkinligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo u, masalan, boshoqli ekinlarga, foyda ham keltirishi mumkin. G’alla o’sishi uchun, albatta, suv kerak. Ariqlardagi suv qayerdan paydo bo’ladi? Yer osti suvlari borligini ham bilasizmi? Suv (ma’lum bir qismini istisno qilganda) yomg’ir va eriyotgan qordan paydo bo’ladi. U Yerning ustki qatlamidan sizib o’tib, ariq va daryolarga tushadi. Suv hamisha ko’rinmas gaz-suv bug’i tarzida havoda mavjuddir. Zarur shart-sharoit bo’lganda, ushbu bug’dan muz kristallchalari hosil bo’ladi. Ular dastlab bulutga, so’ngra yomg’ir yoki qorga aylanadi. Dunyoning ko’pgina mintaqalarida asosiy yog’ingarchilik turi, shuning barobarida suv manbai yomg’irdir, ammo qor sovuq zonalar va tog’ kabi balandliklarda asosiy yog’ingarchilik turi hisoblanadi. Qurg’oqchi mintaqalarning tog’larida yig’iladigan qor odam qo’li bilan yaratiladigan har qanday rezervuardan katta suv zahiralari to’planadigan joydir. Bunday qor bahor va yoz oylarida erib, ekinlarni sug’orish uchun zarur bo’lgan suvga aylanadi. Ba’zi mintaqalarda don ekinlari faqat qor suvidan ichadi. Amerika Qo’shma Shtatlarining g’arbiy qismida joylashgan tog’larda yozning qurg’oqchilik paytida ekinlarga qancha suv kerakligini aniqlash maqsadida tadqiqotlar olib boriladi.

Suv qachon muzga aylanadi?
Agar muzlayotgan hovuz, ko’l yoki daryoga e’tibor bergan bo’lsangiz, dastlab suvning yuzasi muzlay boshlaganini ko’rgansiz, albatta. Agar hovuzlar, ko’llar, dengizlar tubidan muzlay boshlasa, hayotimizda ko’p narsalar o’zgarib ketishi mumkinligini hech o‟ylab ko’rganmisiz? Unda Yerdagi iqlim o’zgaribgina qolmasdan, suvda yashaydigan ayrim mavjudotlar butunlay qirilib ketishi mumkin edi. Endi hovuzdagi suv qanday qilib muzga aylanishini ko’zdan kechiraylik. Suv ustidagi havo sovigach, u suvning yuqori qatlamini ham sovitadi va sovuq quyi iliq qatlamga nisbatan og’irlashib, pastga tusha boshlaydi. Bu jarayon butun hovuzdagi suvning temperaturasi Selsiy shkalasi bo’yicha 4 gradusga yetgunga qadar davom etadi. Ammo havo temperaturasi pasayaveradi. Suvning ustki qatlamlari 4 darajadan pastroq temperaturaga yetgach, pastga tushmaydi. Chunki 4 darajadan quyi temperaturagacha sovigan suv yengilroq bo’lib qoladi. Shunday qilib, suvning yuqori qatlamlari muzlagan holga keladi. Temperatura muzlash nuqtasi — 0 darajaga yetgach yoki undan ham quyi tushgach, o’ta mayda kristallchalar paydo bo’la boshlaydi. Bunday har bir kristallning olti nuri bo’ladi. Ular o’zaro birlashib, suv yuzasida muz po’stlog‟ini hosil qiladi. Muz ba’zan shaffof bo‟ladi. Ba’zida esa bunday bo’lmaydi. Nega? Suv muzlayotganda, undan o’ta mayda pufakchalar ajralib chiqa boshlaydi. Ular muz kristallari nurlariga yopishib oladi. Qancha ko’p muz kristallchalari hosil bo’lsa, shunchalik ko’p pufakchalar paydo bo’ladi. Bu esa tiniq bo‟lmagan muz paydo qiladi. Agar muz ostidagi suv oqar bo’lsa, havo pufakchalari bir joyga yig’iladi va shaffof muz hosil bo’ladi. Suvning boshqa ayrim moddalar qatori suyuq holatdan qattiq holatga o’tganda, hajmi toraymaydi. U muzlaganda, o’z hajmining to’qqizdan bir qismi qadar kengayadi, ya’ni to’qqiz litr suv muzlaganda, undan 10 litr qattiq muz hosil buladi. Qishda avtomobillar radiatori va suv quvurlari suv muzlashi oqibatida kengayib, yoriladi.


Yüklə 455,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin