1-mavzu: xalqaro baholash tizimi. Uning dunyo mamlakatlari ta’lim tajribasida tutgan o’rni. Reja: Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati


Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?



Yüklə 114,6 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü114,6 Kb.
#181257
1   2   3
1-Mavzu

Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?


PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi
PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot
TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring
ICILS - kompyuter va axborot savodxonligi bo‘yicha xalqaro tadqiqot
kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilmoqda.


PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur

PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.

Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan.


PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.

PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.

2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari (O‘qish savodxonligi yo‘nalishi)


O‘rin


Mamlakat



O‘rtacha ball


1

Singapur

535

2

Gonkong (Xitoy)

527

3

Kanada

527

4

Finlandiya

526

5

Irlandiya


521

6

Estoniya

519

7

Janubiy Koreya

517

8

Yaponiya

516

9

Norvegiya

503

10

Yangi Zellandiya


501


Monitoring jarayoni uchun nazorat (testlar, yozma ishlar, so‘rovnoma, og‘zaki savollar, audio(video) materiallarini tayyorlashda ularning umumiy hajmiga nisbatan 20 % gacha o‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlariga mos keladigan, o‘quv dasturi va darsliklardan tashqari, xalqaro tajribalarda (PISA, TIMSS va h.k.) qo‘llanilgan materiallardan foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 16-sentabrdagi “2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoring tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi 299-sonli buyrug‘ining 3-band 2-xatboshida:
Monitoring jarayonini tashkil etish, nazorat materiallari va turlarini ishlab chiqishda ilg‘or xalqaro tajribalar(PISA, TIMSS va h.k.)ni o‘rgangan holda milliy monitoring tizimini takomillashtirish va uning natijalari asosida o‘quv-metodik jarayonni yanada rivojlantirish choralarini ko‘rish

Yüklə 114,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin