1-mavzu: Xalqaro marketingning mohiyati va mazmuni Reja


Xalqaro marketingni tashkil etish bosqichlari



Yüklə 52,96 Kb.
səhifə5/8
tarix11.09.2023
ölçüsü52,96 Kb.
#142639
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu

2. Xalqaro marketingni tashkil etish bosqichlari

Xalqaro marketing konsepsiyasini tayyorlash va amalga oshirish jarayoni bir qator ketma-ket bosqichlarni o’z ichiga oladi. Xalqaro marketingni rejalashtirish va amalga oshirish jarayoni:


Dastlabki bosqich – dastlabki ma’lumotlarni to’plash va muhim bo’lishi kutilayotgan xorijiy bozorlar orasidan eng ustivorlarini tanlab olish uchun taxminiy tahliln amalga oshirish.
1-2-bosqich – Har bir ustivor mamlakat uchun to’liq (to’laroq) ma’lumotlarni yig’ish. Bozordagi imkoniyatlar, tavakkalchiliklar va ularga mos ravishda korxonalarning har bir ustivor bozordagi salohiyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash.
3-4-bosqich – korxonaning bosh maqsadlaridan kelib chiqqan holda tashqi iqtisodiy faoliyatning umumiy maqsadlari, chet el bozorlariga oid maqsadlar, bozorlarni tanlash va segmentlashni aniqlash. Bozorga kirib borish strategiya variantlari va tashqi iqtisodiy aloqa shakllarini ishlab chiqish.
5-6-bosqich – muqobil strategiyalarni korxona salohiyatining maqsad va strategiyalarga mos kelishi va amalga oshirilishi bo’yicha baholash. Har bir ustivor mamlakat bo’yicha marketing rejasini ishlab chiqish va korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati bo’yicha umuiy strategiyani optimallashtirish.
7-8-bosqich – marketing chora-tadbirlari tezkor rejalarini ishlab chiqish va qabul qilishdan so’ng ularni amalga oshirish, nazorat qilish.
9-bosqich – konsepsiyani aniqlash va unga o’zgartirish kiritish.
Jahon bozorida marketing tamoyillari va usullari asosida ish yuritishning hamma uchun bir xil formulasi mavjud emas. Bunday faoliyatning muayyan shakllari birbiridan sezilarli farq qilishi mumkin. Marketing yondashuvida asosiysi maqsadli yo’nalganlik, marketing faoliyati va boshqa turdagi faoliyatlarning tarkibiy qismlarini belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun yagona yo’naltirilgan texnologiya jarayoniga birlashtirishdir.

3. Xalqaro marketing faoliyatining tashkil etish
asosiy konsepsiyalari

Xalqaro marketing faoliyatining tashkil etish asosiy konsepsiyalari quyidagilar:


Ishlab chiqarish konsepsiyasi xalqaro bozor sub’yektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar taqsimoti tizimining samaradorligini oshirish hisobiga o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. Bunda ichki ishlab chiqarish imkoniyatlari hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Mazkur vazifani bajarish uchun ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilash, xarajatlarni qisqartirish, mehnat mahsuldorligini oshirish kabi usullardan foydalanishi mumkin. Ishlab chiqarish konsepsiyasi ikki xil holatda qo’llanishi mumkin:

  • «sotuvchi bozori» sharoitida, ya’ni tovarga talab taklifdan yuqori bo’lganda;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi yuqori bo’lib, uni pasaytirish zarur bo’lganda.

Ishlab chiqarish konsepsiyasidan Genri Ford tijorat faoliyatini boshlagan paytda keng foydalangan. O’sha davrda Amerikaning avtomobil bozorida «sotuvchi bozori» hukmron edi: avtomashinalarni tanlab olish cheklangan bo’lib, ularning narxi juda yuqori edi. Ishlab chiqarishni takomillashtirib olgach, Forda mahsulot tannarxini pasaytirishga erishdi. Bu esa avtomashinalarning keng iste’molchiarga ommasiga etib borishini osonlashtirdi.
Tovar konsepsiyasi xalqaro bozor sub’yektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifati uning eng yaxshi ekspluatatsiya tavsifnomalari bilan uyg’unlashgan holdagina o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishdan umid qiladi. Ishlab chiqaruvchi barcha hatti-harakatlarini tovarni takomillashtirishga qaratadi. Buning uchun foydalaniluvchi usullar xuddi ishlab chiqarish konsepsiyasida qo’llanuvchi usullarga o’xshab ketadi. Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda asosiy o’rinni ITTKI egallaydi.
Sotuv konsepsiyasi xalqaro bozor sub’yektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi sotuv sohasiga ko’p kuch sarflagan holda o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishga harakat qiladi. Sotuvchi faoliyatining asosiy vazifasi deb zarur sotuv hajmiga erishishni belgilaydi. Chet ellik xaridorga sotuvni rag’batlantirishning turli usullari yordamida ta’sir ko’rsatar ekan, sotuvchi uni o’z tovarlarini sotib olishga undaydi. Ko’p hollarda sotuvchi xaridorning ehtiyojlarini qondirish ustida bosh qotirmasdan, o’z mahsulotlarini zo’rlab sotish siyosatini ham qo’llaydi. Sotuv konsepsiyasi ma’lum vaqt davomidagina potensial xaridorlar soni etarli bo’lganda samarali bo’lishi mumkin.
Marketing konsepsiyasi xalqaro bozor sub’yektlarining tijorat-xo’jalik
faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o’z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holdagina o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. O’z maqsadlarigsha erishish uchun ishlab chiqaruvchi birinchi o’ringa chet ellik
xaridorlarning muayyan ehtiyojlarini qo’yadi. Shu sababli boshqaruvda asosiy e’tiborni ishlab chiqarish faoliyatidan o’z mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojni marketing usullari tizimi yordamida saqlab qolish va kengaytirishga qaratish zarurati tug’iladi. Shu tariqa, marketing konsepsiyasi bu chet ellik xaridorga yo’nalganlik bo’lib, ishlab chiqarishni uning manfaatlariga xizmat qilishiga asosalanadi.
Jamoatchilik marketingi konsepsiyasi xalqaro bozor sub’yektlarining tijoratxo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi xalqaro bozorning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o’z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holda, ayrim chet ellik xaridorlar va umuman jahon hamjamiyatining uzoq muddatli manfaatlariga mos holda o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. Bunday konsepsiyaning paydo bo’lganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. Uning paydo bo’lishiga ekologik muhitning yomonlashuvi, xomashyo va energetika taqchilligining yuzaga kelishi, inflyasiya jarayonlarining chuqurlashuvi, demografik ahvolning jiddiylashuvi kabi holatlar
sabab bo’ldi.
Faoliyatini ushbu konsepsiya doirasida tashkil etuvchi korxona o’z oldiga xalqaro hamjamiyatning manfaatlariga mos ravishda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilib qo’yadi.


Yüklə 52,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin