5. Globallashuv sharoitida iqtisodiy jarayonlarning sifat
o‘zgarishlari
Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida iqtisodiy jarayonlarning ham sifatiy, ham miqdoriy o‘zgarishlar bo‘lishini kuzatish mumkin. Ushbu o‘zgarishlar zaminida quyidagi omillar yotadi:
xalqaro hamjamiyatga kiruvchi mamlakatlarning mustaqilligi;
xalqaro va milliy qonunchilik;
talabni taklifdan yuqori bo‘lishi;
milliy valyuta tizimi mavjudligi;
tovar ishlab chiqaruvchilari o’rtasidagi raqobatning mavjudligi;
rivojlangan bozor infrastrukturasining faoliyat ko’rsatishi;
aholining xayotiy darajasining oshishi, iste’mol
tovarlariga ehtiyojning yuksalishi;
korxonalarning daromad olish yo‘lida tashqi bozor
segmentlarini egallashga harakat qilishi;
turli mamlakat axolisining bozor xulq-atvorining
o‘zgarishi;
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish kooperatsiyasining
rivojlanishi va boshqalar.
Zamonaviy bozor iqtisodiyotida global marketingning
prinsiplarini ro‘yobga chiqarishning ikki turini ko‘rish mumkin:
1. Xorijiy bozorlarni ketma-ket o‘zlashtirish, ya’ni kaskad usuli bilan xalqaro faoliyatini yuritadigan kompaniyalar.
2. Korxonalar birdaniga ko‘pmilliy bozorga chiqishm, ya’ni global xalqaro marketing turi.
Yangi xorijiy bozorni egallash-bu doimiy ravishda ichki bozorda
foydalanilgan qarorlarni tashqi, yangi bozor sharoitiga moslashtirishdan iborat.
6. “Global marketing” fanining iqtisodiyot tutgan o‘rni va vazifalari
Har bir faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ekti o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun bozorga chiqishi, unda o‘zining o‘rniga ega bo‘lishi, mijozlar qo‘llashini shakillantirishi, mahsulot yoki xizmatlarni bozor talabiga moslashtirgan xolda foyda olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Marketing soxasidagi adabiyotlarda agarda korxonalarda ichki bozordagi o‘rni xali zaif va
tashqi bozorga chiqish tajribasi yetarli bo‘lmagan xolda unda mamlakatdan tashqariga chiqish imkoniyati chegaralanadi. Xorijiy olim Solbergning fikricha, agar sizning korxonangiz o‘zining tarmog‘ida yirik xalqaro kompaniyalar ichida mittigina bo‘lsa, unda xorijiy hamkorlarni qiziqishini jalb qilgan xolda o‘z kapitalingizni oshirishingiz mumkin. Bunday xolat kichik va o‘rta korxonalar uchun asosiy yo‘nalishni tashkil etgan xolda, o‘zining mahsulotini butun jaxon bozorlarida vakolatxonalariga ega bo‘lgan yirik kompaniyalarga ega bo‘ladi. Bunday imkoniyat 2- jadvalda keltirilgan.
Xalqaro bozorda talab va taklifning o‘zgarib turishi birinchi navbatda kichik va o‘rta korxonalar faoliyatiga aks ta’sirini o‘tkazadi, ular bunday xolatda moliyaviy yetishmovchilikni ko‘proq his etadilar. Shu sababdan raqobat muxitida g‘olib chiqish strategiyasini qo‘llash ehtiyojida boshqa kompaniyalar bilan ittifoq
tuzishga, kerak bo‘lsa, ular tarkibiga kirishga tayyor bo‘lishlari lozim.
Globallashuv jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlar, iqtisodiy qonunlarning bajarilishi, tarmoq va korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarning tubdan o‘zgarishiga olib keladi. Ushbu qonuniyatlarni o‘rganish va ularni amaliyotda qo‘llashi ― Global marketing‖ asosiy maqsadi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |