Mavzu: "Shaxs rivojlanishi va psixik jarayonlarning sifat òzgarishlari xarakteristikasi"
Har bir insonda mavjud bo'lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq, tafakkur, hissiyot, idora kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari, har bir shaxsning o'zigagina xos bo'lgan xususiyatlar: qiziqish, xavas, qobiliyat va iste'dod, temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi.

Psixik jarayonlarning umumiy yig'indisini bir so'z bilan psixika deb ham yuritish mumkin.

Insondagi psixik jarayonlar hayot sohalarida xilma-xil ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Shunga qaramasdan, ular bir-biri bilan chambarchas boglangan bo'ladi. Psixologiya fanining vazifalaridan biri ana shu bog'lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir.
Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo'lib, faqat miyaning faoliyatiga bog'liq holda ro'y beradi. Odam bosh miyasi yuksak darajada tashqil topgan materiya bo'lib, psixika esa ana shu materiyaning mahsuli, uning funksiyasidir.

Psixik hodisalarning qanday ro'y berishini bilish uchun uning moddiy asosi - nerv sistemasiga bog'langan holda o'rganish kerak, Chunki insondagi barcha psixik jarayonlar bosh miya va nerv sistemasi faoliyatining natijasidir.
Psixologiya fanida psixik jarayonlar shaxsning psixologik xususiyatlari asosida yotgan fiziologik asoslarini ishlab chiqishda Rossiyaning mashhur psixologlari M.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev va P.K.Anoxin kabilarning xizmatlari kattadir. Bular oliy nerv faoliyatining asosiy qonuniyatlariga doir ta'limotni kashf etdilar. Bu ta'limotga muvofiq odam miyasiga uzluksiz ravishda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Natijada oliy nerv faoliyatining asosiy jarayonlari bo'lmish qo'zg'alish va tormozlanish vujudga keladi. Buning ma'nosi shuki, qo'zg'alish miyadagi nerv markazlarini ishga soladi, ularni faol harakatga keltiradi.