1-mavzu: Xalqlarning buyuk ko'chishlari va uning natijalari


-mavzu: Franklar imperiyasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/41
tarix30.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#91537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
7-jaxon tariximavzuviy test [uzsmart.uz] (5)

3-mavzu: Franklar imperiyasi.
1.Franklar qiroli Buyuk Karl qaysi yillarda yashab o’tgan ?
A) 742-814 B) 714-768 S) 768-814 D) 745-820
2.Buyuk Karlning otasi Pipin pakana qaysi yillarda yashab o’tgan ?
A)742-814 B) 714-768 S) 768-814 D) 745-820
3.Buyuk Karl Franklar imperiyasini necha yil boshqargan ?
A) 46 yil B) 47 yil S) 49 yil D) 50 yil
4.Buyuk Karl Franklar imperiyasini qaysi yillar oralig’ida boshqargan ?
A)742-814 B) 714-768 S) 768-814 D) 745-820
5.Qirol Karlga “Buyuk” nomi nima sababdan berilgan ?
A)53 ta xarbiy yurishga boshchilik qilgani uchun
B)yirik saltanat tuzgani uchun S)mamlakatda yangi qonunlar va ma’orif xamda madaniyatga asos solgani uchun D) barcha javoblar to’g’ri
6.Buyuk Karl dastlabki istilochilik yurishlarini kimlarga qarshi yurishdan boshlagan ?
A) Germanlarning Langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi
B)Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi S) sakslarga qarshi
D)to’g’ri javob yo’q
7.Buyuk Karlning dastlabki xarbiy yurishlari qaysi yili boshlangan ?
A) 770-yil B) 771-yil S) 772-yil D) 773-yil
8.Buyuk Karl Langobardlarni mag/lubiyatga uchratgandan so’ng…?
A)Langobardlar qiroli Dezideriy sochi olinib Korvey monastiriga jo’natiladi
B) Italiya yerlari grafliklarga bo’linadi va frank qirolligiga qo’shib olinadi
S) Italiyaga o’t qo’yib yuboriladi D) A va B
9.778-yili Buyuk Karl qaysi xududga qarshi dastlabki muvafaqiyatsiz yurishni amalga oshirgan ?
A) Germanlarning Langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi
B)Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi S) sakslarga qarshi
D)to’g’ri javob yo’q
10.Arablar Ispaniyasiga qarshi yurishda xalok bo’lgan Karlning jiyani kim edi ?
A) Roland B) Dezideriy S) Xlotar D) Xlodvig
11.Buyuk Karl arablardan tortib olgan xududlardagi chegara viloyat bo’lgan Ispan markasi qaysi xududda tuzilgan edi ?
A) Sakslar yerlarida B) Pireneya yarim orolining arablardan tortib olingan xududlarida S) Italiya yerlarida D) to’g’ri javob yo’q
12.Buyuk Karlning REyn daryosining o’ng soxilida yashovchi saks qabilalariga qarshi kurashi necha yil davom etgan ?
A) 20 yildan ortiq B) 30 yildan ortiq S) 40 yildan ortiq D)50 yildan ortiq
13.Buyuk Karlning Sakslarga qarshi yurishi qaysi yillar davomida bo’lib o’tgan?
A)742-814 B) 772-804 S) 768-814 D) 745-820
14.Buyuk Karl davlati qaysi yildan boshlab imperiyaga aylandi va uning o’zi imperatorlik tojini kiydi ?
A) 770-yil dekabrda avliyo Pyotr ibodatsonasida
B) 780-yil dekabrdaavliyo Pyotr ibodatsonasida
S) 790-yil dekabrda avliyo Pyotr ibodatsonasida
D) 800-yil dekabrda avliyo Pyotr ibodatsonasida
15.Buyuk Karlning imperatorlik tojini kiyishi qay tariqa yuzaga keladi ?
A) Rim maxalliy zodagonlarining Rim papasi Lev III ga qarshi ko’tarilgan isyonni Buyuk Karl bostirgani tufayli.
B) Rimni bosib olishi tufayli S) Rim papasi Lev III ni qatl ettirilishi tufayli D) to’g’ri javob yo’q
16.Franklar davlati Imperiyaga aylangach Karlning muxrida qanday so’zlar zarb qilingan edi ?
A) Franklar imperiyasi B) Yangi rim imperiyasi
S) Buyuk Karl imperiyasi D) Franklar va Yangi rim imperiyasi
17.Buyuk Karl Franklar imperiyasining mutlaq xukmdoriga aylangach uning farmonlari qay tariqa qabul qilingan ?
A) faqat yuruk zamindorlar va yer egalarining yilda ikki marta chaqiriladigan yig’inida qabul qilingan.
B) faqat yuruk zamindorlar va yer egalarining yilda bir marta chaqiriladigan yig’inida qabul qilingan
S) faqat yuruk zamindorlar va yer egalarining yilda uch marta chaqiriladigan yig’inida qabul qilingan
D) faqat yuruk zamindorlar va yer egalarining yilda to’rt marta chaqiriladigan yig’inida qabul qilingan
18.Nima sababdan Buyuk Karl imperiyasining doimiy poytaxti
yo’q edi ?
A) Karl bir joyda doimiy turishdan qo’rqar edi.
B) Karl shaxar va qishloqlardagi maxalliy axoliga o’g’irligi tushishni istamas edi .
S) Karl poytax sifatida aloxida shaxar qurmagan edi D) A va S
19.Buyuk Karl davrida franklarning an’anaviy xalq lashkari o’rnida vujudga kelgan otliq ritsarlar qo’shinida kimlar xizmat qila olar edi ?
A)faqat boy zamindorlar B) jangovar ot va qurol aslaxa sotib olishga imkoniyati bo’lganlar S) barcha xizmat qila olar edi D) A va B
20. Ritsar so’zi nemischa ritter so’zidan olingan bo’lib qanday ma’noni bildiradi ?
A) otliq B) jangchi S) arava D) sardor
21.Feod so’zi nemischadan olingan bo’lib qanday ma’noni beradi ?
A) jangox B) qo’rg’on-mulk S) otliq D) jangchi
22.Karl davlatida feod kimlarga berilgan ?
A) Ritsarlarga B) kambag’allarga S) qullarga D) ruxoniylarga
23.Buyuk Karl saroyida vazirlik vazifasini kimlar bajargan ?
A) saroy xizmatkorlari B) jangchilar S) ruxoniylar D) yirik yer egalari
24.Franklar davlati boshqaruvida muxim lavozimlar qaysilar edi ?
A) moliya,soliq va xarbiy ayonlar B) dasturxonchi S) otxona boshlig’i
D) barcha javob to’g’ri
25.Franklar davlatida yirik qabilalarni kiml;ar boshqargan ?
A) qirol B) gersoglar S) vazirlar D) ruxoniylar
26.Gersog so’zi nemischa so’zdan olingan bo’lib qanday ma’noni
beradi ?
A) saylangan xarbiy yo’lboshchi B) merosiy qabila boshlig’i
S) qabila ruxoniysi D) A va B
27.Franklarda yirik bo’lmagan xududlarni kimlar boshqargan ?
A) graflar B) gersoglar S) markgraflar D)senorlar
28.Franklarda chegara xarbiy viloyatlarni kimlar boshqargan ?
A) graflar B) gersoglar S) markgraflar D)senorlar
29.Nemischa qirol tayinlagan amaldor ma’nosini beruvchi so’z qaysi javobda berilgan ? A) Graf B) gersog S) marka D) Senor
30.Nemischa chegara xarbiy viloyat ma’nosini beruvchi so’z qaysi javobda
berilgan ? A) Graf B) gersog S) marka D) Senor
31. Franklar imperiyasini kelajakda zaiflashib parchalanishiga yo’l ochgan omil nima edi ?
A)Imperiya xududlari kattaligi sababli nazorat qilish murakkabligi
B) garflarning o’z o’rnida mustaxkam o’rnashishga va graflikni avlodlariga me’ros qilib qoldirishga intilishi S)tashqi dushmanlar xujumlari D) A va B
32.Arab xalifasi Xorun ar-Rashid Karlga nima sovg’a qilgan edi ?
A) Quddusdagi Iso Payg’mbar qabri joylashgan yerni
B) jangovar ot S) jang qurollari D) xech narsa sovg’a qilmagan
33.Karl imperiyasida Graflar xokimyatini kuchayishiga olib kelgan omil nima edi ?
A) Karlning graflarni nazorat qilmay qo’yganligi
B) Karlning sud ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi
S) Graflarning Karlga bo’ysunmay qo’yishi D) A va S
34.Buyuk Karl tuzgan imperiya qaysi yili parchalanib ketdi ?
A) 843-yl B) 844-yil S) 845-yil D) 846-yil
35.Buyuk Karl imperiyasi o’rnida keyinchalik qaysi davlatlar vujudga kelgan ?
A) Fransiya B) Germaniya S) Italiya D) barcha javob to’g’ri



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin