Buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlariga asosan korxonaning xo‘jalik faoliyati baholanadi, ya’ni hisobot davri bo‘yicha foyda va zararlar hisob-kitob qilinadi
Buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlariga asosan korxonaning xo‘jalik faoliyati baholanadi, ya’ni hisobot davri bo‘yicha foyda va zararlar hisob-kitob qilinadi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asosan moddiy javobgar shaxsning ish faoliyati nazorat qilinadi, ular zimmasidagi tovar va moddiy boyliklarning to‘liqligi ta’minlanadi. Тovar va moddiy boyliklarning to‘liqligining nazorati investitsiya (yo‘qlama) qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi hisob-kitob qilinib, reja va tannarx o‘rtasidagi farqlar aniqlanadi. Hisob ko‘rsatkichlarida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan xarajatlar sarhisob qilinib, tejamkorlik omillari belgilanadi.