Har bir ishlab chiqaruvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlariga taalluqli bo‘lgan mablag‘larini doimo nazorat qilib boradilar va uning natijasida mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlarni, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati faqat mablag‘lar holati bilan emas, balki boshqarish uslubi, holati bilan o‘rganiladi va tartibga solinadi. Iqtisodiy ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yordamida boshqarishni takomillashtirish asoslari ishlab chiqiladi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni, asosan, ikki faoliyatni, ya’ni iqtisodiy va boshqarish faoliyatini o‘z ichiga oladi.