Xo‘jalik hisobini tashkil qilish, uni rivojlantirishda ishlab chiqarishning rivojlanishi, savdoning o‘sib borishi, mulk shakllaridagi o‘zgarishlar har bir ishlab chiqaruvchi, savdogar, mulk egasining o‘z mulkiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi, undan samarali foydalanish, uning to‘liqligini nazorat qilishni talab qildi. Bu talablarni bajarish endi faqat kuzatish olib borish bilan kifoyalanmasdan, faoliyat ko‘rsatishni talab qila boshladi, chunki korxona faoliyatini o‘rganish ko‘p qirrali jarayondir.