Amalga oshirilgan kuzatish jarayoni o‘zining muntazam tashkil qilinmaganligi bilan, bir yerda olib borilmasligi yoki ma’lum vaqt birligida olib borilishi bilan xarakterlanadi. Olingan ma’lumotlarni umumlashtirish imkoniyati yaratilsa ham uning natijalarini xo‘jalik faoliyatida qo‘llash yetarli deb hisoblanmaydi.
Xo‘jalik faoliyatida amalga oshirilayotgan jarayonlar shunday xilma-xilki, ular bir vaqtda yakka holda o‘rganilsa yoki kuzatilsa, boshqa birisida—umumlashtirilgan holatda amalga oshiriladi. Demak, aytish mumkinki, kuzatish yordamida xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan hodisalarni son va sifat tomonlariga alohida e’tibor beriladi.