Ishlab chiqarish faoliyatining kengayib borishi, savdoning o‘sib borishi mulkdorlar mulkiy munosabatini tartibga solishni talab qila boshlaydi, ya’ni har bir mulkdor o‘z faoliyatini boshqarish bilan birga, o‘z mablag‘lari holatini nazorat qilish imkoniyatini seza boshlaydi.
Ishlab chiqarishning rivojlanib borishi xo‘jalik faoliyatida nazoratni tashkil qilish bilan xarakterlidir. Nazoratning ta’sir kuchini oshirib borish xo‘jalik faoliyatidagi hodisa va harakatlarning uzluksiz, ma’lum ketma-ketlikda olib borilishini talab qiladi va bu talab hisob turlarida o‘z ifodasini topadi.