Misol uchun, «Mehnat haqida hisobot» hujjat shaklini olaylik. Bu hisobot shakli, asosan, statistik hisobot hisoblanadi. Unda jami xodimlar soni, ularga sarf qilingan ish haqi xarajatlarini ko‘rsatish bilan birga, unda ishchilarning jinslari bo‘yicha holati, ish haqi bilan bog‘liq xarajatlar manbalari, hisobot davrida ishchilarga berilgan mukofotlar turlari ko‘rsatiladi.
Statistik hisobda aks ettirilgan ma’lumotlar turli o‘lchov birliklarida ko‘rsatilishi mumkin. Bu hisobning o‘ziga xos xususiyatidan yana biri hisobot shakllari, uni tuzish va topshirish yo‘llari davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tartibga solinadi. Hisob ko‘rsatkichlarini umumlashtirishda operativ buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi.