Veterinariyada yuritiladigan hisobot shakllari



Yüklə 277,03 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü277,03 Kb.
#203597
  1   2   3   4
7-amaliy mashg'ulot


7-AMALIY MASHG‘ULOT
VETERINARIYADA YURITILADIGAN HISOBOT SHAKLLARI


Reja:
1. Veterinariya hisoboti
2. Veterinariyada hisobot shakllari
3. Veterinariya hisoboti hujjatlari


Tayanch iboralar: Hisobotlar, hisobot shakllari, rasmiylashtirish, varaqa-blankalar.
Kerakli jihozlar: Hisobot shakllari va ularni aks ettiruvchi jadvallar.


Veterinariya hisoboti
Veterinariya hisoboti va statistikasi hayvonlarning kasallanishi, kasallik oqibatida nobud bo‘lishi va veterinariyaga oid boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni aks ettirishdan iborat. Barcha qayd qilish jurnallaridagi dastlabki ma’lumotlar asosida tuzilib, Davlat veterinariya xizmatining tashkilot va muassasalari, idoraviy va xususiy veterinariya xizmati mutaxassislarining ish faoliyati natijalari batafsil yoritiladi.
Veterinariya amaliyotida veterinariya qonunchiligida tasdiqlangan birnechta hisobot shakllari mavjud.
Chorva mollari orasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar aniqlangan hollarda esa tegishli davlat veterinariya tashkilotlariga yuqumli kasallik chiqqanligi hamda shoshilinch (operativ) xabar beriladi. Bu guruh kasalliklariga quyidagilar kiradi: kuydirgi, oqsil, o‘lat, brutsellyoz, tuberkulyoz, chechak, qorason va boshqalar.
Barcha turdagi hisobotlar odatda quyidagi uchta asosiy qismdan iborat (sarlavhasi, mazmuni (jadval ma’lumoti) va rasmiylashtirish qismlari).
Sarlavhasi – kod belgilari, hisobotni tuzuvchi tashkilot, vazirlik (qo‘mita), respublika, viloyat, tuman, indeks, manzil hamda hisobotni qabul qiluvchining ma’lumotlari ko‘rsatiladi.
Mazmuni – bu qismida berilgan qator va ustunlar bo‘yicha jadval holida hisobot ko‘rsatkichlari hamda tegishili yozuvlar ko‘rsatiladi.
Rasmiylashtirish – ushbu qismida hisobot tuzuvchining ism-familiyasi, lavozimi, imzosi, sana va boshqalar ko‘rsatiladi.
Hisobot yozishda foydalaniladigan barcha shakldagi hisobot varaqalari (blankalari) bosmaxona usulida ko‘paytiriladi. Hisobot davlat veterinariya tashkiloti va muassasalarida uning rahbarlari chorvachilik xo‘jaliklari, parrandachilik hissadorlik jamiyatlari va fabrikalari bosh yoki katta veterinariya vrachlari tomonidan tuziladi. Hisobotlar 2 nusxada tuzilib, 1 nusxasi yuqori tashkilotlarga topshirilsa, 1 nusxasi o‘z idorasida saqlaniladi.

Yüklə 277,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin