Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo‘shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o‘quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).
01 “Asosiy vositalar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘linadi:
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
beg’araz kelib tushish;
tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
- etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yig’imlari (agar ular qoplanmasa);
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
- asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
- asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
- aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Asosiy vositalar kirimini buxgalteriya xujjatlarida aks
ettirilishi
Asosiy vositalarni kirimiga oid boshlang‘ich xujjatlar (yuk xati va boshqalar)
АВ-1 shakldagi byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish to‘g‘risida dalolatnoma
АВ-3-son shakldagi qo‘shimcha qurilgan, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruksiya yoki modernizasiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish bo‘yicha dalolatnoma
АВ-6, АВ-8, АВ-9 – son shakldagi inventar kartochkalar
АВ-10 shakldagi inventar kartochkalar ro‘yxati
274 – son shakldagi 6-memorial order
308 – son shakldagi bosh jurnal kitobi
Hisobot shakllari ( balans, 5-son shakldagi nomoliyaviy aktivlar xarakati to‘g‘risida hisobot va boshqalar)