Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha tegishli login va parolni qabul qilish va topshirish yuzasidan DALOLATNOMA 2023 yil “14” mart Samarqand viloyati
Biz, quyida topshiruvchi Raqamli texnologiyalar vazirligining Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev, qabul qilib oluvchi Jomboy tuman hokimi o‘rinbosari, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda–SJBAT)dagi O‘zbekiston Respublikasi saylovchi-fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari ma’lumotlarini dolzarbligini ta’minlash bo‘yicha Jomboy tuman hududiy shtabi rahbari Rajabov Jo‘rabek Sanaqulovich SJBATdan foydalanish bo‘yicha tegishli login va parolni qabul qilish va topshirish yuzasidan dalolatnoma tuzdik.
Shu bilan birga, Raqamli texnologiyalar vazirligining Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev tomonidan, SJBATda shaxsga doir ma’lumotlar mavjudligini inobatga olib, mas’ul xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ogoh bo‘lgan holda uchastkalar ma’lumotlari yohud login parolni o‘zga shaxslarga hech qachon oshkor qilmasliklari, bu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunchiligida javobgarlik belgilanganligi tushuntirildi.