Mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish va hujjatlashtirish Bajardi: Gofurov Farrux



Yüklə 270,28 Kb.
səhifə8/8
tarix21.05.2023
ölçüsü270,28 Kb.
#119116
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish va hujjatlashtirish

Nomoddiy aktivlar

  • Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir.
  • Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabulqilishda bir vaqtning o'zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
  • a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo'lmasligi;
  • b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatishda yoxud korxonaning ma'muriy va boshqa funktsiyalari uchun uzoq muddat, ya'ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo'lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish.
  • v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo'ljallamaydi;
  • g) ishonchlilik, ya'ni korxonada aktiv va unga bo'lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi;
  • d) identifikatsiyalash imkoniyati.

Nomoddiy aktivlarga yuqoridagi talablarga javob beruvchi quyidagi ob'ektlar kiritilishi mumkin:

  • Nomoddiy aktivlarga yuqoridagi talablarga javob beruvchi quyidagi ob'ektlar kiritilishi mumkin:
  • a) patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellargabo'lgan mutlaq huquqi;
  • b) muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va ma'lumotlarbazalariga bo'lgan mutlaq huquqi;
  • v) muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga bo'lgan mutloq huquqi;
  • g) huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisiga bo'lgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi;
  • d) huquq egasining selektsiya yutuqlariga bo'lgan mutlaq huquqi;
  • e) gudvill
  • j) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya'ni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit to'g'risidagi geologik va boshqa ma'lumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi;
  • i) boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish vaxizmatlar ko'rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).
  • Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi. Nomoddiy aktivlar bo'yicha sintetik hisob 03 “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar” schyotining 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotida yuritiladi.

Yüklə 270,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin