Veterinariya hisoboti hujjatlari Veterinariya hisoboti hayvonlarning kasallanishi, o‘limi va veterinariya xizmatining boshqa masalalari bo‘yicha haqiqiy ahvolni ifoda etishga (belgilangan) mo‘ljallangan.
Veterinariya hisoboti maxsus shakllardan iborat bo‘lib chorvachilikning haqiqiy veterinariya-sanitariya ahvolini, veterinariya organlari, tashkilotlari hamda muassasalarning idoraviy va xususiy veterinariya xizmatining ish natijalarini ifodalovchi ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Veterinariya hisobotolari veterinariya hisob-kitobi hujjatlari asosida tuziladi.
Veterinariya hisobotlarini to‘liq va haqiqiy bo‘lishiga veterinariya muassasalarining rahbari va mas’ul mansabdor shaxslari javobgardirlar.
Veterinariya hisoboti davlat veterinariya xizmatida 2 nusxada idoraviy va xususiy, veterinariya xizmatida esa 3 nusxada tuziladi.
Veterinariya hisoboti belgilangan muddatda va tegishli davr uchun tuzilishi kerak.
Veterinariya hisoboti quyidagi muddatlarda topshirilishi zarur:
Chorvachilik xo‘jaliklari veterinariya vrachi, xususiy veterinariya xizmati mutaxassislari, veterinariya uchastka (punkt)lariga hisobot oyning oxirgi kunida;
Veterinariya uchastkalari tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga - hisobot oyidan keyingi oyning 1-kuniga;
Tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga hisobot oyidan keyingi 3-kuniga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga hisobot oyidan keyingi oyning 6-kuniga qadar.
Veterinariya hisobotlari hisobot yilidan keyin yana bir yil saqlanadi.
Veterinariya amaliyotida foydalaniladigan hisobot shakllaridan ayrimlari haqida quyida tuxtalib o‘tamiz.
Hayvonlarning yuqumli kasalliklari haqida hisobot(1-vet). Ushbu hisobot yuqori veterinariya organlariga qishloq xo‘jalik va boshqa hayvonlarda yuqumli kasalliklarning chiqishi va tugatilishi haqida beriladi (hisobot shakli ilova qilinadi).
Veterinariya hisoboti xo‘jalikdan boshlab barcha veterinariya tarmoqlari tomonidan har oyda beriladi, kasallik chiqmagan oylarda bu hisobot tuzilmaydi.
Hisobotni tuzish uchun kasallikni qayd qilish, kasal mollarni davolash, laboratoriya diagnostik tekshiruv natijalari, tuman epizootik holatini qayd qilish (3-vet) jurnalidagi ma’lumotlar asos bo‘lib xizmat qiladi.
Nosog‘lom punktlar va kasalliklar bo‘yicha ko‘rsatkichlar har bir hayvon turi uchun alohida ko‘rsatiladi, qisqartirishlar mumkin emas, hayvon turi va kasallik nomi bosh harflar bilan yoziladi.
Hisobotni 1, 2, 3-ustunlarida hisobot davrida aniqlangan, nosog‘lom punktlar soni, kasallikning kechishi, fermer, davlat va shaxsiy xo‘jaliklar bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Hisobotni 4-5 ustunlarida yangi hisobot oyida qoldik, nosog‘lom punktlar va kasal mollar soni barcha sohalar bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Hisobotga ilova tariqasida tushuntirish xati tuzilib unda xo‘jalik, uchastka, tuman nomi, kasallik va uni paydo bo‘lish sabablari, kasallikning kechishi, harom o‘lgan va majburiy so‘yilgan hayvonlar soni, ko‘rilgan choralar qayd etiladi. Ushbu hisobot shakli quyida keltirilgan.