Veterinariyada yuritiladigan hisobot shakllari


Veterinariya hisob-kitobi va hisoboti



Yüklə 277,03 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü277,03 Kb.
#203597
1   2   3   4
7-amaliy mashg'ulot

Veterinariya hisob-kitobi va hisoboti
Veterinariya ishida hisob-kitob va hisobot hayvonlarning (parranda, mo‘ynabop hayvonlar, baliq, asalari va boshqalar bilan birgalikda) kasallanishi va o‘limi, davlat veterinariya muassasalari, xo‘jaliklari va kompleksdagi veterinariya mutaxassislari hamda transport va davlat chegaralaridagi veterinariya xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan diagnostik tekshiruv kasalliklarning oldini olish va davolash hamda veterinariya-sanitariya tadbirlarni birlamchi qayd etuvchi va jamlovchi ma’lumotlar majmuidan iboratdir.
Veterinariya hisob-kitobi va hisoboti chorvachilikning veterinar-sanitariya holati hayvon va parrandalarning bosh sonini saqlash borasida o‘tkazilgan tadbirlarning hajmi va samaradorligi chorvachilik mahsulotlarini sifati, chorva mollari mahsulotlari va xom ashyolarini tashish ustidan veterinariya nazoratining natijalari bo‘yicha to‘g‘ri va aniq ma’lumotlar berishi zarur.
Veterinariya hisob-kitobi va hisoboti hujjatlariga to‘g‘ri, to‘liq, aniq va ishonchli dalillar kiritilishi uchun veterinariya muassasalari xo‘jaliklar, tashkilotlar va korxonalarning rahbarlari va mas’ul shaxslari javobgar hisoblanib, tegishli shakldagi hisob-kitob va hisobot hujjatlarini yuritishlari lozim.
Hayvonlarning kasallanishi va o‘limi birlamchi qayd etish diagnostik tekshiruvlar kasalliklarning oldini olish, davolash, veterinar-sanitar tadbirlar, veterinariya-sanitariya ekspertizasi kabilar veterinariya xizmatining mansabdor (lavozimi) shaxslari tomonidan amalga oshirilib, veterinariya hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va markaziy statistik boshqarma (MSB) tomonidan tasdiqlangan yagona shaklda va tegishli muddatlarda taqdim etiladi.


Veterinariyada hisobot shakllari
Hayvonlarning kasallanishi, harom o‘lishi va majburiy so‘yilishi, yo‘qotilishi hamda davlat veterinariya tarmog‘i muassasa va tashkilotlarini, chorvachilik xo‘jaliklari hamda boshqa korxonalar veterinariya xizmatining faoliyati natijalarini, shuningdek, kasalliklarni diagnostika va profilaktika qilish bo‘yicha hamda veterinariya nazorati bo‘yicha maxsus davriy veterinariya hisobot joriy qilingan va uning shakllari mavjud.
Veterinariya amaliyotida faoliyat yuritayotgan veterinariya mutaxassislari xo‘jalik yuritish sub’ektlari bo‘yicha yuqori davlat veterinariya tashkilotlariga quyidagi hisobot shakllarini taqdim etadi.
1. Hayvonlarning yuqumli kasalliklari haqida hisobot.
2. Epizootiyalarga qarshi o‘tkazilgan tadbirlar hisoboti.
3. Hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari haqida hisobot.
4. Baliqlar kasalliklari haqida hisobot.
5. Veterinariya laboratoriyalari ishi haqida hisobot.
6. Xo‘jalik va tashkilotlar, mol so‘yish punktlari veterinariya sanitariya-ekspertiza nazorati haqida hisobot.
7. Go‘sht va parrandani qayta ishlash korxonalarida veterinariya-sanitariya nazorati haqida hisobot.
8. Hayvonlarni temir yo‘l va suv transportida tashiganda aniqlangan yuqumli kasalliklar haqida hisobot.
9. Chorvachilik mahsulotlarini temir yo‘l va suv transportida tashiganda, veterinariya-sanitariya nazorati haqida hisobot.
10. Vagonlarga veterinariya-sanitariya ishlov berish hisoboti.
11. Chegara veterinariya-sanitariya nazorati punktlarining ishi haqida hisobot.
12. Chorvachilik mahsulotlarini temir yo‘l va suv transportida tashiganda aniqlangan qoida buzishlar hisoboti.
13. Davlat veterinariya tarmog‘i muassasalarining mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganligi haqida hisobot.
Ushbu hisobot shakllari oylik, yillik, choraklik bo‘lib, ular ko‘rsatilgan muddatlarda tegishli yuqori tashkilotlarga yuborilishi zarur.
Barcha chorvachilik xo‘jaliklarining veterinariya mutaxassislari (bosh yoki katta vetvrachlari), veterinariya uchastkalari (mudirlari) hisobot oyidan keyingi oyning 1-kunigacha tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga, tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari 3-kunigacha viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari 6-kunigacha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga o‘z hisobotlari topshirishlari lozim.



Yüklə 277,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin