Hozirda xalq xo‘jaligi tarmoqlarida hisobning qaysi turini qo‘llash, har bir hisob turidan o‘rinli foydalanishdan asosiy maqsad, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ma’lum bir maqsadga yo‘naltirish, boshqarish
Hozirda xalq xo‘jaligi tarmoqlarida hisobning qaysi turini qo‘llash, har bir hisob turidan o‘rinli foydalanishdan asosiy maqsad, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ma’lum bir maqsadga yo‘naltirish, boshqarishni soddalashtirishdir.
Xalq xo‘jaligida quyidagi hisob turlaridan keng foydalanilmoqda:
Operativ hisob. Bu hisob yordamida amalga oshirilayotgan muammolarni ma’lum bir belgilangan vaqt davomida kuzatish ishlari amalga oshiriladi. Bu hisobning o‘ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan, uni o‘tkazish muddati korxona rahbari tomonidan belgilanishi mumkin, ikkinchidan, ma’lumotlarni bevosita aloqa vositalari yordamida olish mumkin, uchinchidan, ularni rasmiylashtirishda tayyorlangan hujjatlar tizimidan foydalanmaslik mumkin, bundan tashqari, operativ hisob ma’lumotlariga asoslanib balans tuzish imkoniyati yo‘q. Operativ hisob ma’lumotlaridan ko‘proq boshqarish bo‘g‘inida, ishlab chiqarishni tashkil qilishda, reja topshiriqlarining bir me’yorda bajarilishini nazorat qilishda foydalaniladi.