Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitet Jizzax filiali Psixologiya fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi 140-20-guruh talabasi Yaqubova Sug`diyonaning Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu:Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi
Reja: 1.Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish 2.Ixtisoslashuvning bosqichlari va turlari haqida ma’lumot. 3.Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari va turlari
Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.