Hisob yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi iqtisodiy o‘zgarishlar, ya’ni mablag‘lar harakati o‘rganiladi. Hisob ko‘rsatkichlariga asosan moddiy javobgar shaxslarning faoliyati nazorat qilinadi. Hisob— nazorat vositasi hisoblanadi. Uning yordamida mulk egasining rivojlanish imkoniyatlarini belgilash uchun asos yaratiladi.
Hisob ko‘rsatkichlariga amal qilgan holda uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbolli rejalashtirish ishlarini olib borish mumkin. Lekin bu imkoniyatdan barcha hisob turlarida foydalanishning iloji yo‘q.