Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ishlab chiqarish bilan ta’minot bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish, ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishni taqozo etadi. Sotish jarayoni mahsulotning asosan pul ifodasida baholanishini taqozo qiladi, ya’ni hisob ishlarida natural o‘lchov birliklaridan astasekin pul o‘lchov birliklariga o‘tish namoyon bo‘ladi.
Mulk egasi xo‘jalik jarayonlaridagi o‘zgarishlardan faqat bir maqsadni — foyda olishni ko‘zlaydi. Buning uchun mulk egasi o‘z mablag‘larini qanday mahsulotga, qancha sarf qilganligini, ularning to‘liqligini muntazam nazorat qilish imkoniga ega bo‘lishi kerak.