Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. O‘lchov birliklarini qo‘llash, birinchidan, hisob turiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, amalga oshirilayotgan xo‘jalik jarayoniga ham bog‘liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘lchov birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Ayrim hollarda bajariladigan ish va xizmatlar hajmini to‘g‘ri aniqlashda murakkab — natural o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.