Hisob xo‘jaliklarda amalga oshirilgan jarayonlarni hisobga olish bilan birga, korxona va tashkilotlarning bir me’yorda ishlashini ta’minlashda o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri ishga solishda, iqtisodiy o‘zgarishlarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liqligini ta’minlashda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini umumlashtirishda, nazoratni tashkil qilishda yaqindan yordam beradi.
4. O‘zbekiston Respublikasida „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ gi Qonun.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishni amalga oshirish yangicha iqtisodiy fikrlashni bosh vazifaga aylantirdi. Shundan kelib chiqib, hisob ishlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar hisob ishlarida yangicha iqtisodiy fikrlash bilan birga, korxona mablag‘larining holati, tashkil topishi, manbalari bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirib, boshqarish ishlarida qo‘llashlari kerak. Korxona va tashkilotlarga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlarida ifoda etiladi.