1-mavzu. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalteriyasi. Korxonalar haqida ma’lumotlarni kiritish. Schyotlar rejasi. Boshlang’ich qoldiqlarni kiritish



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə10/12
tarix07.01.2024
ölçüsü80,3 Kb.
#201333
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-mavzu. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalteriyasi. Kor-fayllar.org

(Opisaniye scheta) tugmachasini bosib ko‘rish mumkin.
Tanlab olingan schyot bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun Hisobotlar 


(Otchetы) tugmachasini bosiladi va standart buxgalteriya hisobotining biri, masalan, Schyot 

bo‘yicha oborot-saldo qaydnomasi (Oborotno-saldovaya vedomost po schetu)
shakllantiriladi. 
Schyotning subkonto ro‘yxatiga o‘tish uchun, Subkonto tugmachasi bosiladi.

Pechat tugmachasi bilan buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini ekranga chiqarish va
qog‘ozda pechat qilish mumkin. 
Subkonto turlari 
Dasturda subkonto deganda analitik hisobning ob’ekti tushuniladi. Subkonto turlari 
deganda analitik hisobning bir tipdagi ko‘pgina ob’ektlari tushuniladi, va ulardan biri ob’ekt
qilib tanlanadi. 
Subkonto turi sifatida ma’lumotlar bazasi, hujjat turlari va boshqa ob’ektlar bo‘lishi
mumkin. Hisob uchun umumiy subkonto turlaridan foydalaniladi, ular menyuda Korxona – 


Schyotlar rejasi – subkonto turlari (Predpriyatiye – Plan schetov – Vidы subkonto) 
joylashgan. 



Subkontoning har bir turi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar priznaki o‘rnatilishi mumkin: 


- faqat aylanmalar hisobi – subkonto qoldig‘i bo‘yicha hisob yuritilmayotgan paytda


maqsadga muvofiq hisoblanadi; 
- hisob so‘mda olib borilishi – ko‘rgina hollarda maqsadga muvofiq hisoblanadi;
- miqdoriy hisob – TMZ schyotlari uchun maqsadga muvofiq; 
- valyuta hisobi – balansning valyuta moddalari bo‘yicha olib borish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. 
1.6. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona ma’lumotlaridan foydalanilgan holda 

boshlang‘ich qoldiqlarni shakllantirish. 
Korxonalarning buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tizimda olib borish uchun 
korxonalarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish lozim: a) yangi ochilgan korxona, b) faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalar. Agar korxona yangi bo‘lsa, schyotlar bo‘yicha qoldiqlar kiritilmaydi. 
Lekin korxona o‘z faoliyatini davom etayotgan bo‘lsa, xo‘jalik operatsiyalarini qayd qilishdan
oldin boshlang‘ich qoldiqlarni kiritishi lozim bo‘ladi. 
Qoldiqlarni hisobot davrining – yil, chorak yoki oyning birinchi sanasida kiritish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Qoldiqlarni kiritish sanasi hisobot davri boshidagi sanadan oldin bo‘lishi 
shart. Masalan, yil boshidagi qoldiqlar o‘tgan yilning 31 dekabri bilan kiritilishi lozim.
Korxonaning boshlang‘ich qoldiqlarni aniqlab olish uchun, moliyaviy hisobot 
elementlarining har biri moddasi 19-BHMSga binoan inventarizatsiyadan o‘tkaziladi va
qoldiqlarni aniqlanishi kerak. 
Masalan, kontragent - mol yetkazib beruvchi – uning to‘liq nomi va manzili, telefon
raqami, bankining nomi, bankdagi hisob raqami, MFO kodi, STIR, OKONX kodi, u bilan 
tuzilgan shartnoma raqami va sanasi.
Tovar-moddiy zahira, xom-ashyo va materiallar – uning turi, nomi, miqdori – natura va 
so‘mda, sorti, navi va boshqalar.


Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin