sifatnomalarni bajarilishi, zaxiralar me’yorlarini aniqlash bo‘yicha vazifalar majmuasini ajratish
mumkin.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning
alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash bajariladi. Vazifalar
majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schyotlarni olib borish, birlamchi
va yig‘ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarining o‘zaro aloqalari hamda hisobning aniq
uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi
majmualarini o‘z ichiga oladi:
asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish