hisobi, ishlab chiqish harajatlari hisobi, yig‘ma hisob va hisobotlarni tuzish.Korxonaning
sifatan bir turli resurslari haqidagi axborotlarga ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni
mo‘ljallash an’anaviy ravishda hisobni qo‘lda olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa
hisoblash axborotlarining hisoblash markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda o‘z
qo‘llani-shini topgan.
ShKlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy
hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar mazjmuasini
shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini
yaratish, turli foydalanuvchilar o‘rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang‘ich
hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o‘rtasidagi aniq chegaralar
buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida namoyon bo‘ldi.
Yuqoridagi 1-rasmda buxgalteriya hisobining AAT sharoitida faol ko‘rsatish tamoyillari
keltirilgan.
Boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi. Buxgalteriya hisobi
bo‘yicha dasturiy vositalarning yangi versiyalar hisobning turli uchastkalari majmualari
axborotlarini birlashtiradi. Misol uchun, mehnat va ish haqi hisobining namunaviy loyihalarida
bir vaqtda fondlarga to‘lovlar bo‘yicha to‘lov hujjatlari (daromad solig‘ini to‘lash, nafaka
jamg‘armasiga ajratmalar, tibbiyot sug‘urtasi, bandlik jamg‘armasiga qo‘shib hisoblash bo‘yicha
to‘lov topshiriqnomalari) bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ko‘chirib berish ko‘zda tutilgan, bunday
mashina dasturini bajarilishi hisob vazifalarining ikkita majmuasini mehnat va ish haqining
hisobi hamda moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi. Moddiy boyliklar hisobi
tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bo‘yicha vazifalar majmuasida ham xuddi shun-
ga o‘xshash misollarni keltirish mumkin.
Vazifalararo majmuani tashkil qilish «materiallar» dasturi misolida ham ko‘rib chiqilishi
mumkin. Uning asosini korxonaning mahalliy hisoblash tarmog‘i sharoitlarida faoliyat
yurituvchi yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Moddiy boyliklarning mavjudligi va
harakatini hisobga olish jarayonlarida uchta bo‘lim: omborlar, hisobxona, moddiy-texnik