Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari DTS, hujjatlarning bir shaklga keltirilgan tizimlari
talablarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi va kompyuterli ishlab chiqarish tomonidan
qo‘yiladigan talablarni aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
• belgilanishi bo‘yicha — farmoyish beradigan, ijroiya (oqlaydigan), hisobli
rasmiylashtiruvchi, murakkab;
• xo‘jalik operatsiyalari mazmuni bo‘yicha — moddiy, pulli hisoblash;
• aks ettirgan operatsiyalarning hajmi bo‘yicha — yagona (birlamchi) yoki yig‘ma;
• foydalanish usuli bo‘yicha — bir martali va jamlovchi;
• hisobga oladigan o‘rinlarning soni bo‘yicha — bir qatorli va ko‘p qatorli;
• tizilish joyi bo‘yicha — ichki va tashqi;
• to‘ldirish usuli bo‘yicha — qo‘lda, hisobni avtomatlashtirish vositalari yordamida.
Hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (qo‘lda yoki kompыoterlarda) texnikasi korxonaning
buxgalteriya xizmati, uning ishlab chiqish va vazifaviy bo‘linmalarini kompyuterlar bilan texnik
jihozlanish darajasiga bog‘liq. Ammo ayrim xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning
amaldagi qoida-lari bir qator hollarda hujjatlarni qo‘lda tuzishni ko‘zda tutadi.
Tasniflagichlar va kodlardan ajratilgan guruhlovchi (bir yoki bir necha) alomat, masalan,
bo‘linmalar, sexlar, brigadalar bo‘yicha ishlovchilar asosida buxgalteriya hisoblari, ma’lumotlar
va guruhlar tuzish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya vazifalarini kompyuterlashtirishda
tasniflagichlarning har xil turlari:
Dostları ilə paylaş: