O'ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY ALOQALARNING O’RNI VA FAOLIYAT TURLARI
Mundarija: KIRISH…………………………………………………………………………….3 I.BOB.O`zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatning ilmiy-nazariy asoslari…........4 1.1.Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mohiyati va asosiy shakllari………...4
1.2.Tashqi iqtisodiy aloqalar va ularning amalga oshirilish yo’llari………………...7
II BOB.O‘zbekiston mustaqillik yillaridagi tashqi iqtisodiy aloqalarini o‘sishi………. …………………………………………………………………….15
2.1 Oʻzbekiston Respublikasi eksporti va importi ………………………………..15
2.2 Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari…………………………27
XULOSA………………………………………………………………………… 30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………...31
Kirish Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo’lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo’lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi. Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi. Biz mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasini rivojlanishida bozorning o’rni va joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi.