Zbekistonning transport majmui va tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasi



Yüklə 44,7 Kb.
səhifə1/8
tarix05.12.2023
ölçüsü44,7 Kb.
#173448
  1   2   3   4   5   6   7   8
1350978117 20587


O`zbekistonning transport majmui va tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasi
Reja:


1. Mamlakat xalq xo`jaligida transport va tashqi iqtisodiy aloqalarning tutgan urni.
2. O`zbekistonning asosiy transport tarmoqlari, ularning joylashishi va rivojlanishi.
3. Тashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari.
4. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari-mustaqillik yillarida.

Mamlakat xalq xo`jaligida transport va tashqi iqtisodiy aloqalarning tutgan o`rni. Transport xalq xo`jaligining moddiy boylik ishlab chiqaruvchi muhim tarmog`i sanaladi. Transport-xalq xo`jalik yuklari va yo`lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltuvchi soxa. O`zbekistonda ishlovchilarning 4,6 foizi transport va aloqa soxasida mehnat qiladilar, investitsiyalarning ham 19,3 foizi shu soxaga to`g`ri keladi (2000 y.). Yuklar va odamlar tashish bir jihatdan ishlab chiqarish jarayoni bo`lsa, ikkinchi tomondan transport mahsulotidir. Transport yangi mahsulot yaratmaydi, balki moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga olib boradi, muomila doirasida ishlab chiqarishni davom ettiradi, bu esa mahsulot xarajatlari miqdorida qiymatni oshishiga olib keladi. Yalpi transport xarajatlarining iste`molchi qo`lidagi mahsulotni to`la qiymatiga bo`lgan nisbati transport tarkibiy qismlarining koeffitsenti hisoblanadi. Iqtisodiyotni o`sishi bilan jamiyatning transportga bo`lgan ehtiyoji ortib boradi. Transport geografik (hududiy) mehnat taqsimotini tarkib toptirishi va rivojlantirishda moddiy tehnik asos bo`lib xizmat qiladi. Transport tufayli iqtisodiy rayonlar ixtisoslashadi, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida, turli soxalarda ularning birgalikda kompleks rivojlanishi ro`y beradi. N.N. Baranskiy bunday deb yozgan edi: “Rayonlar iqtisodiy ma`noda yagona bir butun xo`jalik tizimining ixtisoslashgan, differensiallashgan tarkibiy qismlari bo`lib ana shu tarkibiy qismlar o`rtasida ozmi-ko`pmi ayriboshlashsiz ularni tasavvur qilib bo`lmaydi, ya`ni yetarlicha taraqqiy etgan transportsiz tarkibiy qismlarni rivojlanishi mumkin emas”. Agar tarixga nazar tashlasak “Buyuk ipak yo`li” ustida joylashgan O`rta Osiyo hududlarida iqtisodiyot, madaniyat, ma`naviyat yaxshi taraqqiy etgan edi. Keyinchalik, Yevropadan Hindistonga dengiz yo`lining ochilishi (XV asrda) bilan karvon yo`llarida karvonlar qatnamay qo`ydilar. Bu esa o`z navbatida O`rta Osiyo hududlarida iqtisodiyotni, hunarmandchilikni, madaniyatni rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Milliy iqtisodiyotni transportsiz rivojlantirish mumkin emas. Transport sanoat bilan qishloq xo`jaligi o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini, mamlakatning turli hududlari o`rtasidagi mahsulot almashinishini, uning tashqi savdosini ta`minlaydi. Yangi hududlarni o`zlashtirishdan oldin ularga transport yo`llari o`tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari xayotini transportsiz tasavvur kilib bo`lmaydi. Transportni aholi turmush sharoitini yaxshilashdagi va mamlakat mudofaa quvvatini mustaxkamlashdagi ahamiyati juda katta.
Transportning ishi haqida uning yuk tashish xajmiga karab fikr yuritish mumkin. Yuk tashish xajmi ma`lum vaqtda ma`lum masofaga tashilgan yuk miqdori bo`lib, u tonna kilometrda ifodalanadi.
Hozirgi davrimizda tashqi iqtisodiy aloqalar iqtisodiy va ilmiy-tehnikaviy rivojlanishning qudratli jadallashtiruvchi omili bo`lib qoldi. Hozirgi vaqtda tashqi iqtisodiy aloqalar iqtisodiy va ilmiy-tehnikaviy rivojlanishining qudratli jadallashtiruvchi bo`lib qoldi. Hozirgi kunda fan va tehnika taraqqiyoti inqilobining eng yangi yutuqlarini egallash xalqaro mehnat taqsimotida chuqur va har tomonlama ishtirok etish bilan chambarchars bog`liqdir. Tehnika taraqqiyoti asrida ilmiy ishlarni, tovarlar va xizmatlarni intensiv tarzda almashtirmasdan turib yashash, o`z mablag`laridan nooqilona foydalanish, vaqtni qo`ldan boy berish, sur`atni yo`qotish demakdir. Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish mamlakatimzni asosiy xalq xo`jalik vazifalarini xal etish uchun anchagina qo`shimcha imkoniyatlar bilan ta`minlaydi. Eng avvalo tashqi iqtisodiy aloqalar ishlab chiqarishning eng samarali tarmoqlarda tashkil etish, ayni chog`da chet eldan keltirish foydalirok bo`lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi quvvatlarni kengaytirishdan voz kechish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ishlab chiqarishni konsentratsiyalashni va iqtisoslashtirishni chuqurlashtiradi, milliy chegaralarni ochib tashlaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat birgalikdagi tadqiqotlar va yechimlarni tashkil etish yo`li bilan ham, butun-butun tarmoqlar va ishlab chiqarishning zamonaviy tehnika bilan juda tez qayta jixozlash bilan ham fan-tehnika taraqqiyotini tezlashtirish imkonini beradi. Nixoyat tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyatlirok xal etish imkonini beradi.



Yüklə 44,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin