Zbekistonning transport majmui va tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasi



Yüklə 44,7 Kb.
səhifə6/8
tarix05.12.2023
ölçüsü44,7 Kb.
#173448
1   2   3   4   5   6   7   8
1350978117 20587

Quvur transporti. O`zbekistonda birinchi 20 km uzunlikdagi nefteprovod 1908 yil Chimyon neft konida Vannovsk (xoz. Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodiga tortilgan. Keyinchalik Farg`ona vodiysi, Surxondaryo viloyatida yangi neft konlari ochilishi bilan transportning bu turi jadal rivojlantirildi. Neft konlaridan Farg`ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga umumiy uzunligi 228,5 km bo`lgan nefteprovodlar qurildi. Respublikamiz janubida – Surxondaryo viloyatida 1947 yil Lalmikor-Qumqurg`on va 1969 yil Amudaryo-Amu-Zang liniyalari qurildi (umumiy uzunligi 40 km). Qashqadaryoda yangi neft konlari ochilganidan keyin 1977 yil G`arbiy-Toshlaq-Qashqadaryo stansiyasi (3,3 km), Shimoliy O`rta bo`lak-Oltingugurt zavodi (72 km) nefteprovodlari ishga tushirildi.
O`zbekistonning barcha viloyat markazlariga gaz quvur yo`llari o`tkazilgan. Gaz quvurlari ichida Jarkok-Buxoro-Samarqand-Toshkent, Muborak-Toshkent trassalari juda muhimdir. O`zbekistondan Uralga (2100 km), Moskvaga (3500 km) o`tkazilgan gaz quvurlari diametrining kattaligi va uzunligi jihatidan dunyoda oldingi o`rinlardan birini egallaydi. Qishloq joylarni gaz va toza ichimlik suvi bilan ta`minlashni amalga oshirish natijasida quvur yo`llari uzunligi to`xtovsiz ortib bormoqda. Yangi-yangi yo`llar loyixalashtirilmoqda. Masalan, Qamchik dovoni orqali Angren-Xonobod neft quvur yo`li loyixalashtirilmoqda.


Tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari. Dunyoda hech bir mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirmay yuksala olmaydi. Chunki har qanday iqtisodiy yuksak rivojlangan mamlakat ham o`zi ko`plab ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotlarini chetga sotishga, yetishmaydigan ayrim mahsulotlarni esa chetdan sotib olishga majbur bo`ladi. Dunyo mamlakatlari bir-birlari bilan juda xilma-xil tashqi iqtisodiy aloqalar olib boradilar.
O`zbekiston ham tashqi iqtisodiy aloqalar qilishda quyidagi xilma-xil shakllardan foydalanmoqda:
Tashqi savdo. Respublikamiz rivojlangan 14 ta, rivojlanayotgan 12 ta, o`tish davri iqtisodiyotiga ega bo`lgan 9 mamlakat bilan savdo aloqalariga ega (2000 yil). Ular orasida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya rivojlanayotgan malakatlardan Turkiya, Pokiston, Xindiston, Indoneziya bor, shuningdek Xitoy, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Vetnam kabi mamlakatlar bilan an`anaviy savdo aloqalarini kengaytirib bormoqda. Isroil, Ispaniya, Lixtenshteyn, Gollandiya, Koreya, Singapur, Gonkong, BAA bilan ham savdo aloqalari yo`lga qo`yilgan. O`zbekistonga 30 dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. Bug`doy, go`sht, sut mahsulotlari, saryog`, shakar, moyli o`simliklar urug`lari va meva, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmatsevtika, mahsulotlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar, uskunalar va jixozlar importning asosiy bandlarini tashkil etadi. Mamlakat chetdan oladigan jami tovarning 18,2% dan ko`prog`ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi (1993 yilda 60%).
O`zbekiston xukumati ko`rgan chora tadbirlar natijasida respublikada 1994-99 yillarda g`alla yetishtirish keskin ko`paydi. Galla importi deyarli ikki marta, guruch importi 10 marta, umuman oziq-ovqat mahsulotlari importi 11,5 marta qisqardi. O`zbekistonning tashqi savdo balansi aktiv saldoga ega bo`lib bormoqda.
Moliya - kredit munosabatlari tobora kengaymoqda. AQSH, Germaniya, Turkiya, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki katta xajmda eng yangi mashina va uskunalar hamda tehnologiyalar importini, qishloq xo`jalik mahsulotlarini markazlashtirgan holda xarid qilishni moliyalash, Ko`kdumalaq gaz-neft konini o`zlashtirish loyixalarini kreditlash bo`yicha bitmlarni imzoladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Muruntov oltin konlaridan oltin, kumush va boshqa nodir metallarni ajratib olishga ixtisoslashgan “Zarafshon-Nyumont” O`zbekiston-AQSH qo`shma korxonasini qurilishini moliyalash va boshqa moliya mablag`larini muvofiqlashtirish bo`yicha bitimlar imzolandi.
Ilmiy - tehnikaviy hamkorlik ayrim ilmiy-tehnikaviy ishlarni birgalikda xal qilish, axborot tizimini chuqurlashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorliklarni o`z ichiga oladi.

Yüklə 44,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin