Xo`jalik korxonalarini birgalikda qurish, qo`shma korxonalar tashkil etish. Tashqi iqtisodiy aloqalarni bu shakli ham O`zbekistonda juda yaxshi rivojlangan. Asaka shahridagi avtomobil zavodi Janubiy Koreyaning DEU firmasi bilan hamkorlikda qurildi. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o`tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona, neftni qayta ishlash korxonasi, Bukada Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan akkumulyator zavodi va boshqalar shu aloqa turiga misol bo`ladi.
Xalqaro turizm. Tashqi iqtisodiy aloqalarning bu shakliga ham e`tibor kuchaytirilgan. O`zbekiston o`zining tarixiy yodgorliklari, go`zal tabiati bilan ko`plab xorijlik sayyohlarni o`ziga tortmoqda. 2000 yilda 250 ming xorijlik sayyoh O`zbekistonga tashrif buyurdi.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari-mustaqillik yillarida. O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgunga qadar mamlakatdagi tashqi iqtisodiy faoliyat sobiq ittifoqning tegishli vazirliklari ixtiyorida bo`lgan, o`sha davrlarda Respublika Vazirlari ichki xo`jalik aloqalarini amalga oshirish bilan chegaralanib qolgan edi. 80-yillarning ikkinchi yarmidan O`zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bilan shug`ullanuvchi davlat tuzilmasi faoliyat ko`rsata boshladi.
O`zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlikni qo`lga kiritishga erishdi. Bu masala Respublika rivojining ustivor yo`nalishlaridan biri bo`lib qoldi. Bu yo`nalishda dastlab “O”zxorijsavdo” birlashmasi faoliyat ko`rsatdi. Davlat buyurtmalarini bajargan va dotatsiyalar bilan qo`llab-quvvatlangan birlashma davlatga valyuta daromadi keltiradi. Uning negizida 1990 yil 12 iyulda O`zbekiston tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat komiteti tashkil etildi. 1992 yil 12 fevrlda bu davlat komiteti tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishda Respublika Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 17 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo`nalishlari va yangi strategiyasi” nomli qaroriga asosan tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining ishi qayta tashkil etildi.
O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari soxasidagi yangi strategiyasi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
a) eksport-import operatsiyalarini markazlashtirish;
b) davlat ehtiyojlari uchun zarur tovarlarning eksport va importi ustidan nazoratni kuchaytirish;
v) davlat uchun strategiyali muhim bo`lmagan tovarlar eksportini osonlashtirish;
g) strategik muhim tovarlar eksportidan olinadigan valyuta tushumlarini nazorat qilishni kuchaytirish va boshqalar.
Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida bayon etilganidek, O`zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilmoqda:
1) o`zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarini umumiyligi;
2) teng huquqli va o`zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
3) mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar hamkorlik uchun ochiqliq, umum-insoniylik fazilatlariga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
4) xalqaro huquq me`yorlarini davlat ichki me`yorlaridan ustivorligi;
5) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.
Mustaqil respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari soxasidagi yangi siyosati jaxondagi juda ko`p mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishda o`z o`rnini topmoqda.
2005 yilida O`zbekistonning tashqi savdo xajmi 9,5 mlrd. dolarni tashkil etdi. Uning 3,3% dan ko`prog`i MDX va Boltiq bo`yi mamlakatlari, 63% boshqa mamlakatlar bilan olib borilgan savdo-sotiqqa to`g`ri keladi.
O`zbekistonda o`tkazilayotgan iqtisodiy isloxatlarda xalqaro mehnat taqsimoti afzalliklaridan unumli foydalanilmoqda. Chet ellik sarmoyadrlar uchun qulay iqtisodiy huquqiy investitsiya yaratilmoqda. O`zbekistonda iqtisodiyotdagi ustivor loyixalarni amalga oshirish uchun jalb etilgan xorijiy investitsiyalar xajmi 1 mlrd dollarni tashkil etdi.