O'zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning o’rni va faoliyat turlari mundarija: kirish


Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 90,86 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü90,86 Kb.
#209728
1   2   3   4   5   6
O\'ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY ALOQALARNING

2.2.Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinuvining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu har qanday mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo’lib, rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi.
O'zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishiga va bozor munosabatlariga o'tishi, O’zbekiston geosiyosiy holatining tubdan o'zgarishinv, bosqichma bosqich iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha ko’tardi. O'zbekiston uchun nafaqat uzoq xorij, balki yaqin qo’shnilar bilan ham xo'jalik va savdo aloqalari tashqi iqtisodiy aloqalarga aylandi. Shu munosabat bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantiritshtda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyati keskin oshdi. Ayni vaqtda ham ayrim xo'jalik sub'ektlarining, ham davlatning umuman tashqi iqtisodiy faoliyati mohiyati son va sifat jihatidan tubdan o'zgardi. Tashqi iqtisodiy omilning ahamiyati amalga oshirilayotgan bozor o’zgarishlari, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti, ichki bozorning tashqi bozor bilan hamkorligining shakllanayotgan butunlay yangi asoslari talablaridan kelib chiqadi.
Hozirgi bosqichda tashqi iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan o’sishi bu jarayonlarni hartomonlama chuqur o’rganishga yanada yuksak talablar qo’yadi. Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, valyuta-moliya, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqrtsodiy aloqalarni amalga oshira oladigan mutaxassislarga ehtiyojini ta'minlash uchun O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida ta'limning kunduzgi va sirtqi shakllarida tahsil oluvchi talabalar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalariga va muammolariga bag'ishlangan turli fanlarni o'rganadilar.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning xorijiy tashkilotlar va firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi iqtisodiy-tashkiliy munosabatlari bunday kurslarning mavzusi hisoblanadi. Ushbu fanni o’rganishdan maqsad – tashqi iqtisodiy aloqalarning turli jthatlari bo’yicha tegishli bilimlarni berishdan iboratdir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar – iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida davlatlar va ularning sub'ektlarining xalqaro hamkorligining turli shakllarining kompleks tizimi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar kategoriya sifatida – davlatlar va mamlakatlarning iqtisodiy sub'ektlari o'rtasida resurslar harakatida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Ushbu munosabatlar davlatning iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, birinchi navbatda, ishlab chiqarish, savdo, investitsiya va moliyaviy sohalarni qamrab oladi.
Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar shakli bu aloqaning mavjudligi, muayyan aloqa mohiyatining tashqi ko’rinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning tuzilmaviy birligi tashqi iqtisodiy operatsiya hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy operatsiya – savdo, investitsiya yoki boshqa iqtisodiy bitimlarni tayyorlash, tuzish va amalga oshirish bo'yicha turli mamlakat kontragentlarining harakatlar majmui.
Tashqi iqtisodiy operatsiyalar quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilishi mumkin:
1) savdo (eksport-import operatsiyalari, shu jumladan reeksport va reimport, qarshi savdo operatsiyalari va boshqalar.);
2) texnologiyalar transferi (litsenziya va franchayzing shartnomalari, muhandislik, reinjiniring, konsalting va boshqalar.);
3) investitsiyalar (chet el kapitali ishtirokidagi qo'shma korxonalar, erkin iqtisodiy zonalar doirasida investitsiyalar).
Tashqi iqtisodiy bitim – xorijiy kontragentlar bilan huquqiy munosabatlarni o'rnatish, o'zgartirish yoki tugatishga qaratilgan harakatlar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalardan farqli o'laroq, eksport-import bitimlari uchun tovar nomenklaturasini tanlashda, qiymat va narx belgilashda, etkazib berish hajmi va muddatini aniqlashda to'liq mustaqil bo'lgan ishlab chiqarish tuzilmalari (firmalar, tashkilotlar, korxonalar) darajasida amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni xo’jalik sub'ektining muayyan tashqi iqtisodiy funktsiyalari majmuasi sifatida ifodalash mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari – xorijiy sheriklar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshiradigan xo'jalik faoliyati sub’ektlari.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning moddiy asosi mamlakat, mintaqaning tashqi iqtisodiy majmuasi hisoblanadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy majmuasi – eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, shuningdek import tovarlarini sotib olib, qayta ishlovchi, tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini amalga oshiruvchi tarmoqlar, tarmoqosti, birlashmalar, korxonalar, firmalar, kooperativlar, tashkilotlar, hamda tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishga ko’maklashadigan davlat va jamoat tuzilmalari majmui.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jahon tajribasini hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o`z tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishini bildiradi.
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib borilmoqda: birinchidan, sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, respublika ilgari bevosita o`zaro munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan
Agar birinchi yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xom ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishini ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish imkonini beradi.
Hozirgi paytda respublikada yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tuzimi shakllanmoqda va uni tarkibiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda, asosiy vazifalari aniqlanmoqda.
TIFni boshqarishning tarmoq tashkilotlari TIF ni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bo`linmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo`nalishlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi.
TIFni boshqarishda funktsional tashkilotlar ham muhim rol o`ynaydi. Bu tashkilotlarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu idoralarning har biri o`z mas`uliyat doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va ularning natijasi uchun javobgardir.

Yüklə 90,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin