Muzokaralar og‘irligi _
Jinoyatlarning fosh qilinishi
Huquqni muhofaza qilish faoliyatiga xarajatlar
rasm. Jinoyatchilik iqtisodiyoti asosiy omillarining o‘zaro ta’siri
Iqtisodchi-kriminologlar ikkita turlicha to‘siqlarga - miqdor va sifat to‘siqlariga duch kelishadi, deb tasavvur qilinadi. Bir tomondan, jinoyatlar va jazolashlar iqtisodiy nazariyasida qabul qilingan jinoyatchilik va unga ta’sir qiluvchi turli omillar o‘zaro aloqadorligi juda soddalashtirilgandek tuyula boshlaydi. Boshqa tomondan, jinoyatchilik - bu ijtimoiy hayotning shunday sohasidirki, bu yerda madaniylashgan omillar katta ahamiyat kasb etib, zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ularni modellashtira olmaydi.
Jinoyatchilik va miqdoriy korrelyatsiyalar.
Jinoyatchilik iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan asosiy omillarni 8.2.1-rasmda ko‘rsatilganidek, tasvirlash mumkin. Bu modelda ko‘plab muhim omillar yo‘qqa chiqariladi, belgilangan ko‘rsatkichlarning ta’siri esa bir tomonlama emas, balki ikkitomonlama bo‘lishi mumkin. Jinoyatchilik iqtisodiyoti uchun asosiy hisoblangan jazolash jinoyatchilikni mujassamlashtirishi qoidasini ko‘rib chiqamiz. Agar o‘ylab ko‘rilsa, jinoyatlar fosh qilinuvchanligi va jazolash og‘irligining o‘sishi bevosita jinoyatchilikning kamayishiga olib kelmasligi mumkinligi ham aniq
bo‘ladi13.
Birinchidan, davlat huquqni muhofazalash agentliklari faoliyatining kuchayishi oddiy fuqarolarning o‘z-o‘zini muhofazalash bo‘yicha faoliyatini qisqartirishi kerak. Natijada resurslarning xususiydan davlat huquqni muhofaza qilish faoliyatiga qayta taqsimlanishi yuz beradi, fuqarolar uchun odatdagi xavfsizlik darajasi esa o‘zgarmaydi.
Ikkinchidan, bog‘lanish samarasi mavjud bo‘ladi: to‘xtatib turuvchi tadbirlarning vaqtinchalik yoki mahalliy kuchayishi jinoiy faoliyatning boshqa davrlarga yoki boshqa mintaqalarga qo‘chib o‘tishiga olib keladi. Shuningdek, masalan, rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyati ustidan nazoratning kuchayishi “uchinchi dunyo” da (masalan, Karib dengizi orollarida) offshor zonalarning shakllanishiga olib keldi, bu yerda bank qo‘yilmalarining harakati ustidan nazorat amalda mavjud emas, bu esa “iflos pullar”ni to‘siqlarsiz yuvish imkonini beradi.
Uchinchidan, ko‘plab jinoyatchilar (eng avvalo, narkomanlar ) har qanday narxdan ma’lum daromad olishni ko‘zlaydilar. Agar ko‘rilgan xavfsizlik qo‘shimcha choralari natijasida jinoyat bir turidan ularning o‘rtacha daromadi (masalan, kishilar naqd pullarni kredit kartochkalari bilan almashtirgan holda ularni o‘zi bilan olib yurishni to‘xtatsalar) kamaysa, u holda boshqa jinoyatlarni ko‘proq sodir etadilar (masalan, ko‘pincha mayda do‘konlarni o‘maradilar yoki kvartiralarni buzadilar).
To‘rtinchidan, ratsional jinoyatchi fosh qilinish to‘g‘risidagi real ma’lumotlarni emas, balki unga qulay bo‘lgan axborotlarnigina hisobga oladi. Agar fosh qilinuvchanlikning oshishi qoidabuzarlar tomonidan sezilmay qolsa, u holda mazkur to‘xtatib turish samarasi nolga teng bo‘ladi. Bunday vaziyatda ommaviy axborot vositalarining ishi politsiya faoliyatining haqiqiy muvaffaqiyatlariga qaramasdan, o‘z holicha jinoyatchilikni kamaytirishi (agar jinoyatchilik bilan kurashdagi muvaffaqiyatlar to‘g‘risidagi axborotlar tarqatilsa) yoki aksincha, uni oshirishi mumkin.
Beshinchidan, kishilarda qimmatli me’yor va qoidalar yoshlik chog‘larida shakllanishini, keyinchalik esa odatda o‘zgarmasligini hisobga olish zarur. Agar qonunlargi rioya qilinadigan muhitda tarbiyalangan oddiy fuqaro jinoyat sodir etish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, hattoki, uni ushlab olmasliklariga to‘liq ishonsada, bunday qilmaydi: ruhiy xarajatlar uni huquqbuzarlik foydasini past baholashga majbur qiladi. Bunda mazkur vaqtda sodir etilgan aniq jinoyat uchun jazolash ehtimoli potensial jinoyatchi xatti - harakatlariga ta’sir etuvchi omillar qatoridan umuman, istisno qilinishi mumkin.
Kriminologik omillar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklar shunga olib keladiki, jinoyatchilik va jazolar iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalaridan katta ehtiyotkorlik bilan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |