Tabiiy tanlanish va uning turlarini o’rganish. Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar, vaqti
O’qituvchi
Talaba
I-bosqich
Kirish
(10 min)
1.1 O’quv mashg’ulotining mavzu va rejasini ma’lum qiladi. Erishadigan natijalar bilan tanishtiradi. Mazkur mashg’ulot no’an’anaviy tarzda o’tishini e’lon qiladi.
1.1 E’shitadilar va yozib oladilar
II-bosqich.
Asosiy
(60 min)
2.1 Talabalar e’tiborini rejadagi savollar va ulardagi tushunchalarga qaratiladilar”Klasterlash”.
(1- ilova )
2.2 Mavzuni yanada oson o’zlashtitish uchun Tarqatma materiallar tarqatiladi.”INSERT USULI” qo’llaniladi. (2-ilova)
2.3 Atamalar doskaga yoziladi va atamalar ustida ishlash o’rgatiladi (3-ilova)
2.1Talabalar javob beradilar, daftarlariga yozadilar.
2.2Tarqatma materiallar mazmuni bilan tanishib chiqadi.Daftarga yozib oladi.
2.3 Atamalar yozib olinadi va o’qituvchi bilan birgalikda bajarishga xarakat qilinadi
2.4 Tushunmagan jihatlarini so’raydi
III-bosqich
Yakuniy
(10 min)
3.1 Mavzuga hulosa qiladi.
3.2 Faol talabalar rag’batlantiriladi.
3.3 Mustaqil ish uchun bugungi darsda bajarilgan atamalar ustida ishlash, darsni mustaqil ravishda o’qish vazifa qilib beriladi.
Eshitadilar, o’z javoblarini to’g’rilaydilar
MAVZU: TABIIY TANLANISH VA UNING TURLARINI O’RGANISH.
REJA:
1.Tabiiy tanlanish.
2.Tabiiy tanlanishning shakillari.
a)Stabillashtiruvchi tanlanish.
b)Harakatlantiruvchi tanlanish.
c)Dizruktiv tanlanish.
3.Xulosa.
1.Tabiiy sharoitda yashaydigan o'simlik va hayvonlarning har bir individida shaxsiy o'zgaruvchanlik sodir bo'ladi. Shaxsiy o'zgaruvchanlik organizmda uch ko'rinishda namoyon bo'ladi. Ularning bir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari organizmlar uchun befarq, uchinchilari esa ziyon bo'ladi. Odatda, ziyon o'zgaruvchanlikka ega organizmlar shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida halok bo'ladi. Organizm uchun befarq o'zgaruvchanlik ular yashovchanligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Foydali o'zgaruvchanligi bor individlar birmuncha afzalliklarga ega bo'lgani sababli yashab qoladilar.
Yashash uchun kurashda foydali belgi-xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, bunday belgi-xossalarga ega bo'lmaganlarning nobud bo'lishini. Darvin tabiiy tanlanish deb nomladi.
Sun'iy tanlashni inson olib borsa, tabiiy tanlanishni tabiat boshqaradi. Sun'iy tanlash tufayli chiqarilgan nav va zotlarda inson uchun foydali belgi-xossalar yaxshi rivojlangan bo'ladi. Tabiiy tanlanishda esa inson manfaati emas, balki organizm manfaatlari birinchi o'rinda turadi. Buning oqibatida organizm uchun foydali belgi-xossalar avloddan-avlodga tabiiy tanlanish tufayli orta boradi. Foydali irsiy o'zgarishga ega organizmlar boshqa organizmlar bilan chatishishi tufayli ular soni ko'paya boradi.
2. Tabiiy tanlanishning shakillari
a) Stabillashtiruvchi tanlanish. Organizmlar yashayotgan muhit sharoiti davrlar o'tishi bilan astasekin o'zgara borishi yoki nisbatan o'zgarmay qolishi mumkin. Har ikki holda ham muayyan sharoitda yashayotgan individlarning ba'zilarida mutatsion, kombinativ o'zgarishlar bo'lishi, boshqalarida esa oldingi avlodlarga o'xshash belgixossalar saqlanishi tabiiydir.
Muhit sharoitning ko'p va oz darajada doimiyligi natijasida bir turga mansub individlar orasidan tabiiy tanlanish avlodlarga xos belgi-xossalarga ega bo'lgan, ya'ni shu sharoitga moslashgan individlarni saqlab, keskin irsiy o'zgarishga ega individlarni nobud qiladi. Masalan, qadimgi panja qanotli baliqlar avlodidan latimeriya, sudralib yuruvchilardan gatteriya, sutemizuvchi hayvonlarning tuxumdan ko'payuvchi, shuningdek, xaltali xillari, ochiq urug'li o'simliklardan ginkgo biloba bir necha million yillar davomida deyarli o'zgarmagan holda saqlanib kelmoqda.
Tashqi muhitning deyarli o'zgarmas mo'tadil sharoitda avlod-ajdod belgilariga ega individlarning saqlanib qolishi, o'zgarganlarini esa qirilib ketishi stabillashtiruvchi tanlanish deyiladi.
Tabiatda haqiqatdan ham stabillashtiruvchi tanlanish mavjud ekanligini ko'pgina misollarda ko'rish mumkin. Masalan, 1892 yilda shimoliy Amerikada qattiq qor bo'rondan so'ng Bempes tomonidan 136 ta chalajon chumchuqlarni issiqroq xonaga keltirilganda, ulardan 72 tasi tirilib 64 tasi o'lgan. Ular tekshirilganda tirik qolgan chumchuq qanotlari o'rtacha uzunlikda, o'lganlarning qanoti nisbatan uzun yoki qisqa ekanligi ma'lum bo'lgan.
Stabillashtiruvchi tanlanish ta'siri odamlarda ham uchraydi. Normal odamlarhujayrasida 44 ta autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma borligini bilasiz. Agar ayolning urug'langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta u xromosoma bo'lsa, boshqacha aytganda, x xromosoma yetishmasa, u holda homila ona qornida 2—3 oydan so'ng rivojlanmay qoladi va tabiiy abort ro'y beradi.
b) Harakatlantiruvchi tanlanish. Muhit sharoiti o'zgargan taqdirda, u yoki bu turga kiruvchi individlar orasidagi irsiy o'zgaruvchanlikka, shu bilan yangi sharoitga nisbatan mos keladigan belgixossalarga ega organizmlar saqlanib qolib, o'zgarmagan organizmlar nobud bo'ladi. Darvin besh yillik safar chog'ida kuchli shamol teztez kuzatiladigan okean orollarida faqat uzun qanotli va qanotsiz hasharotlarni uchratgan. Olimning izohlashicha, bunday orollarda qattiq shamol bo'lishi tufayli normal qanotli hashoratlar unga bardosh bera olmasligi sababli shamol ularni uchirib halok etgan. Nisbatan uzun qanotli individlarning ayrimlari shamolga qarshilik qilib havoda uchib yurgan. Kuchli shamol bo'lganda kichik qanotlilar esa mutlaqo havoga ko'tarilmay turli yoriq, kovaklarga yashirinib olganlar. Bu jarayon ko'p ming yillar davom etishi tufayli irsiy o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish okean orollarida hasharotlarning uzun qanotli va qanotsiz individlarni kelib chiqishiga sababchi bo'lgan. Bugina emas, shamol teztez bo'lib turadigan orollarda baland bo'yli daraxt yoki alohidaalohida holda o'sadigan o't o'simliklar tabiiy tanlanish natijasida astasekin yo'qola borgan va balandligi 1 metrga boradigan butalar «yostiq» ko'rinishida saqlanib qolgan.
O'zgargan muhitda organizmlarning yangi belgi-xossalari hosil bo'lishi va rivojlanishini ta'minlaydigan tabiiy tanlanish harakatlantiruvchi tanlanish deb ataladi.
c) Dizruptiv tanlanish. Ba'zi hollarda bir turga mansub organizmlar orasida ikki va undan ortiq organizmlar guruhi uchrashi mumkin.
Muayyan joyda tarqalgan bir turga mansub organizmlar orasida birbiridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq organizmlarning uchrashi dizruptiv tanlanish natijasidir.
Chunonchi, ikki nuqtali tugmacha qo'ng'izda qoramtir va qizg'ish qattiq qanotli formalari uchraydi. Qizg'ish qanotlilar qishda haroratning pasayishi tufayli kam nobud bo'ladi. Yoz oylarida kam nasl beradi. Aksincha, qoramtir formalar qishda past haroratga bardosh berolmay, ko'proq nobud bo'ladilar. Yoz oylarida esa ko'p nasl beradi. Demak, yilning turli fasllariga moslashish orqali bu ikki xil tugmacha qo'ng'iz o'z naslini asrdanasrga saqlab kelmoqda.
Shunday qilib, tabiiy tanlanishning har hil shakllarida yangi turlar va boshqa sistematik kategoriyalar tabiiy ravishda paydo bo'ladi. Vaholanki, sun'iy tanlashda nav va zotlar sun'iy ravishda yaratilar edi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Tabiiy tanlanish – yashash uchun kurashda foydali bolgi, xossalarga ega organizmlarning yashab kelishi, shunday belgi, xossalarga ega bo`lmaganlarining nobud bo`lishi.
2. Dizruptiv – bir populyasiya doirasida bir – biridan farqlanuvchi bir necha polimorf formalarning hosil bo`lishiga olib keluvchi tabiiy tanlanishning bir shakli.
3. Harakatlantiruvchi tanlash – muhit sharoit o`zgargan taqdirda u yoki bu turga kiruvchi individlar orasida irsiy o`zgaruvchanlikka, shu bilan yangi sharoitga anchagina mos keladigan belgi xossalarga ega organizmlar saqlanib qolib, o`zgarmagan organizmlar nobud bo`ladi.
4. Latimeriya – panjaqanotli baliqlar avlodi.
5. Gatteriya – qadimgi sudralib yuruvchi.
6. Gungo biloba – ochiq urug`li o`simlik ajdodi.
7. Diapauza – hashorotlarning ko`payishidan vaqtincha to`xtashi, harakatsiz yoki kam harakatchan bo`lishi, ovqatlanmasligi. 8. Zlatka – barg kemeruvchi.