1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə18/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Inson kocp ming yillar mobaynida ana shu qo'lga o'rgatilgan hayvon bolalaridan va ekilgan o'simlik urug'laridan o'zlariga ma'qullarini saralab borganlar va ular zaminida mahalliymadaniy o'simlik navlari, uy hayvonlarining mahalliy zotlari keltirib chiqarilgan.
Ba'zi o'simlik navlari, uy hayvon zotlari bir yovvoyi tur, boshqalari bir necha yovvoyi tur asosida yaratilgan. Masalan, yangi dunyoning g'o'za navlari yovvoyi gos xinutum va gos barbadenze turlari asosida, eski dunyoning g'o'za navlari esa gos xerbatseum va gos arbareum turlari asosida chiqarilgan. Xuddi shuningdek, xilmaxil qo'y zotlari bir necha yovvoyi qo'y ajdodlari, chunonchi, kalta dumli shimol qo'ylari muflandan, yog'dor va uzun dumli qo'ylar arxardan, dumbali qo'ylar esa argali deb atalgan yovvoyi qo'y ajdodlarini qo'lga o'rgatish, parvarishlash asosida yaratilgan. Har xil it zotlari, chiyabo'ri, bo'ri, qoramol zotlari esa dasht va o'rmon yovvoyi qoramol turlaridan chiqarilgan. Bularga qaramaqarshi o'laroq turlituman tovuq, kaptar zotlari, karam, qant lavlagi navlari bir yovvoyi turdan kelib chiqqan.
Darvin haqiqatan ham, madaniy o'simlik navlari va xonaki hayvon zotlari yovvoyi ajdodlaridan keltirib chiqarilganligini eksperimental dalillar bilan isbotlab berdi.
Masalan, hindiston va janubi sharqiy osiyo chakalakzorlarida tarqalgan yovvoyi bankiv tovuq turi odamdan unchalik qo'rqmaydi, buta shohlarida uxlaydi va xonaki tovuqlar bilan chatishib normal nasl beradi. Bularning hammasi xonaki tovuqlar yovvoyi bankiv tovuq turidan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalildir. Bunga qo'shimcha ravishda ba'zi bir tovuq zotlari, xususan, respublikamizda qadimdan boqilib kelinayotgan jaydari tovuq va xo'roz o'z tashqi qiyofasi bilan bankiv yovvoyi tovug'iga juda o'xshash ekanligini qayd etish lozim.
Darvin xonaki kaptarlarning ayrim zotlari ko'k qoya yovvoyi kaptaridan tarqalganligini dalillar asosida isbotlab berdi. Chunonchi, ayrim xonaki kaptarlarning kulrangi zangori tus bilan aralashgan, dumining usti oqish, chetlari qora yo'l-yo'l bo'lib, urchishi, fe'1atvori, jo'ja ochishi, erkak va urg'ochisi orasidagi munosabatlar, in qurishi ko'k qoya yovvoyi kaptari singaridir.
Darvin morfologik, paleontologik, ekologik, etologik ma'lumotlar asosida xonakilashtirilgan boshqa hayvon zotlari va o'simlik navlari yovvoyi ajdod turlardan kelib chiqqanligi haqida o'z asarlarida ko'plab dalillar keltirgan. Karamning bargli, sovoy, brakkoli, brussel, kolrabi, xashaki, gulkaram bosh karam xillarining ajdodi bo'lib, yovvoyi karam brassika olerasea ekanligi haqida darvin ishonchli dalillar keltirgan.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin