1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Insektitsidlarni qishloq xo'jaligida qo'llash juda ko'p hasharotlarning ana shu zaharli modallarga nisbatan chidamli formalarini vujudga keltirdi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə41/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Insektitsidlarni qishloq xo'jaligida qo'llash juda ko'p hasharotlarning ana shu zaharli modallarga nisbatan chidamli formalarini vujudga keltirdi.
Bu sohada olib borilgan tekshirishlar insektitsidlarga chidamlilik bir holda domi nant, ikkinchi holda retsessivlik irsiylanishini ko'rsatdi. Shu bilan bu hodisada sitoplazmatik irsiylanish ham rol o'ynaganligi ma'lum bo'ldi. Zaharga nisbatan chidamlilikning oshishi ba'zi paytlarda zaharning kutikulada to'planishi, ikkinchi hollarda insektitsidlarni erituvchi lipidlar miqdorining oshishi, uchinchi holda nerv sistemasining zaharga nisbatan turg'unligining ortishi yoki organizm faolligining kamayishi bilan aloqador ekanligi aniqlangan.
Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligi
Organizmlarning tuzilishi va funksiyasidagi maqsadga muvofiqlik faqat muayyan tashqi muhitdagina namoyon bo'ladi.
Chunonchi. Baliqlarning tuzilishi va funksiyasi, rangidagi muvofiqlik suv muhitida, qushlarniki esa faqat havo muhitida foydalidir. Boshqacha aytganda, har qanday moslanish tabiiy tanlanish yo'li bilan paydo bo'lgan muhitdagina organizmlarning yashab qolishiga yordam beradi. Lekin bunday sharoitda ham ulardagi moslanishlar barcha organizmlarning omon qolishiga imkon bermaydi. Masalan, yantoq o'simligida tikanlar nihoyatda ko'p bo'lganligi sababli uni aksariyat ko'pchilik o'txo'r hayvonlar yemaydilar. Lekin yantoq tuyalar uchun eng sevimli oziq hisoblanadi. Cho'l toshbaqalarining ustki, ostki kosalari uni ko'pchilik yirtqich hayvonlardan himoya qilgan holda, burgut, boltayutar, sarisar kabi yirtqich qushlar ularni osmondan tosh ustiga tashlab parchalab yeydilar. Tipratikanning tikanli «po'stini» uni ko'pchilik yirtqich hayvonlardan saqlasa ham, lekin tulkilardan himoya qila olmaydi. Himoya rangi, ogohlantiruvchi rang ham bundan istisno emas.
Shimoliy o'lkalarda tarqalgan oq kurapatka yoki tovushqon quyosh chiqqan kunlari qorga qalin soya solib, o'zini sezdirib qo'yadi va yirtqich hayvonlarga yemish bo'ladi. Ari, qovoqarini aksariyat, ko'pchilik hasharotxo'r qushlar yemasada, Sirdaryo atrofida uchrovchi qarchig'aysimonlar oilasiga kiruvchi arixo'r qushning asosiy ozig'i hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan va boshqa ko'pgina dalillar tirik organizmlardagi moslanishlar, maqsadga muvofiqlik mutloq, azaliy bo'lmay, nisbiy ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin