1-mavzu:"Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash


-mavzu: Ishlab chiqarishdagi tabiiy va sun’iy yorug‘likni hisoblash usullari



Yüklə 108,46 Kb.
səhifə5/12
tarix16.12.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#183069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Hayot faoliyati xavfsizligi

5-mavzu: Ishlab chiqarishdagi tabiiy va sun’iy yorug‘likni hisoblash usullari.
1. Tabiiy va sun’iy yoritilganlikning qanday turlarini bilasiz ?
2. Sanoat korxonalarini yoritish sistemalariga qanday talablar qo ‘yiladi ?
3. Sun’iy yoritilishni hisoblash qanday amalga oshiriladi ?

Javoblar:


1.Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch hil turdagi yoritilganlikdan 
foydalaniladi, ya`ni ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi. Tabiiy yoritilish quyidagilarga bo‘linadi:
Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepatlar, aralash bino oralari orqali teshiklardagi yorug‘lik beradigan fonarlar orqali);
Yonboshlama (derazalar orqali).
2. Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘liq holda ish vaqti davomida o‘zgarishi hisobli, ish joyining yoritganlik bilan emas, balki tabiiy yoritganlik koeffitsienti orqali me’yorlashtiriladi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarini yoritilganligini baholash uchun tabiiy yoritilish koeffitsienti kattaligiga qarab belgilash qabul qilingan. Tabiiy yoritganlik koeffitsienti deb xona ichidagi biror nuqtaning yoritganligini shu vaqtda tashqi muhit yoritilganligiga nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi. Tabiiy yoritilishning yetarliligi 2 omil bilan belgilanadi: tabiiy yoritilish koeffitsienti va derazaning yorug‘lik tavsifi (yorug‘lik maydoni va yorug‘lik chuqurligi) bilan. Korxonalardagi tabiiy yoritilganlik sharoiti SNiP-2-4-79, SNiP-2.0.1.0.5.98 talablariga muvofiqligi bo‘lishi kerak. Oynali yuza pol yuzasiga nisbatan 1/5 qismni tashkil etishi kerak.
3. Sun’iy yoritilishni hisoblashdan asosiy maqsad sanoat korxonalarida ishlatilayotgan yoritish lampalarini sonini aniqlash, ularni oqilona joylashtirish va elektr energiyasi iqtisodini ta’minlagan holda sanoat korxonalari xonalaridagi normalangan yorug‘likdagi ish joylarini ta’minlashdan iborat. Bu masalalarni hal qilishda quyidagilarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.
1.Yoritish manbalarini tanlash.
2.Yoritish sistemasini tanlash.



Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin