1-mavzu:"Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash



Yüklə 108,46 Kb.
səhifə1/12
tarix16.12.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#183069
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Hayot faoliyati xavfsizligi


1-mavzu:"Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash.

  1. Xavf turlarini ayting.

  2. Xavf turlarini guruhlash va identifikatsiyalash nima?

  3. Kelib chiqishi bo ‘yicha xavflarning qanday turlarini bilasiz?

  4. Xavfni tarkibi bo ‘yicha turlarini aytib bering.

  5. Xavflar taksonomiyasi nima?

  6. Xavflar kvantifikatsiyasi nima?

  7. Xavflar ro‘yxati (nomenklaturasi) nima?

Javoblar:

        1. Kelib chiqishi boyicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash boladi.


Xavflarpotentsial, ya’ni yashirin xarakterga egadir.
Xavflarni taqqoslash – kishining hayotiy faoliyatini ta’minlashga qaratilgan profilaktik hamda operativ tadbirlarni ishlab chiqish zarur va yetarli bo’lgan xarakteristikalarni qidirib topish va mikdorini belgilash jarayonidir.
Xavflarni taqqoslash jarayonida, aniq masalani hal qilish uchun zarur bo’lgan xavflar ro’yxati, ularning namoyon bo’lish extimoli, bo’lishi mumkin bo’lgan zarar va boshqa kattaliklar aniqlanadi.

        1. Yuqorida aytilganidek xavflar: tabiiy, texnik , ekologik va aralash turlari mavjud. Tabiiy xavflar o’zining nomi bilan tabiiy hollarda kelib chiqadi, texnik xavflar esa texnika vositalaridan, ekologik ekologiyada bo’ladigon xodisalar kiradi va h.k.lar.


Xavf–hayotiy faoliyat xavfsiligi fanining markaziy tushunchasidir. Bunda bevosita va bilvosita kishi sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladigan yoki ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladigan voqea, hodisa, jarayon va ob’ektlar tushuniladi. Analiz maqsadiga qarab xavfni xarakterlovchi belgilar miqdorini oshirish yoki kamaytirish mumkin.
Energiyasi mavjud kimyoviy yoki biologik aktiv moddalarda xavf har doim yashiringandir.

        1. Taksonomiya – bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni, turkumlash va sistemalash haqidagi fandir.U faoliyat xavfsizligi sohasida nazariy bilimlarni uyushtirishda, xavflarni tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega.





Bu-murakkab sifat tushunchalarini baholashda asosiy miqdoriy xarakteristikalarni kiritishdir. Kvantifikatsiyaning miqdoriy, ball va boshqa baholash usullari ishlatiladi. Xavfni eng keng tarqalgan baholash usullari jurg’at, tavakkal, qo’rqinch hisoblanadi.



  1. Bu xavflarning ma’lum xususiyatlari bo’yicha tartibga solingan sistemalashtirilgan ro’yxatidir. Masalan, spirtli ichimlik, havoning nomaqbul namligi, harakat tezligi, bosimi, xarorati, ion tarkibi, nomaqbul yoritilganlik, shovqin, titrash, vakuum, portlash, mashinalarning aylanuvchi qismlari, yuqorida ishlash, gazlar, gerbitsidlar, chuqurlik, yaxmalak, qizigan gazlar, o’yuvchi moddalar, kasalliklar, zo’riqishlar, idishlardagi ortiqcha bosim, infratovush, ultratovush, infraqizil nurlar, uchqun, kinetik energiya, zanglash, lazer nurlari, xazonrezgilik, magnit maydonlari, dori-darmonlar, mikroorganizmlar, yashin, ishning monotonligi, havoning tarkibiy buzilishi, toshqin, yetarli bo’lmagan mustaxkamlik, notekis yuzalar, ishchining noto’g’ri xarakati, yong’in jihatidan xavfli moddalar, alanga, qurol, (miltiq, xanjar va h.k.) o’tkir narsalar ( kesuvchi, sanchiluvchi), zaharlanish, sovuq yuzalar, yiqilib tushish, bug’, mashina va mexanizmlarning zo’riqib ishlashi, pestitsidlar, yong’in, psixologiknomutanosiblik, yorug’lik oqimining pulg’satsiyasi, chang ish xolati, radiatsiya, rezonans, sirpanchiq yuzalar, qor yog’ishi, quyosh aktivligi, oftob urishi, uyquchanlik, statik zo’riqishlar, statik elektr zaryadlari, tayfunlar, yuqori chastotali tok, tuman, zarbali to’lqin, aqliy zo’riqish, tezlanish, charchash, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, elektromagnit maydoni, ruxiy zo’riqish, zaharli moddalar va boshqalar.




Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin